Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) Ğazo sektorida bir kun avval boşlangan quruqlikdagi operatsiya hududini uşbu çiziqning janubiy qismida, Misr bilan çegara yaqinidagi Rafah şahrigaça kengaytirdi. Bu haqda TSAHAL Telegram-kanalida 20 mart, payşanba kuni ma’lum qilindi.
«Sönggi bir neça soat içida Isroil mudofaa kuçlari Rafahning Şabur hududida quruqlikdagi operatsiyani boşladi», — dedi harbiylar. Ular «bir vaqtning özida Ğazoning şimoliy va markaziy qismida quruqlikdagi operatsiyalarni davom ettirayotganini» qöşimça qildi. TSAHAL şuningdek, Ğazo sektoridagi jangçilar pozitsiyalariga aviazarba berganini tasdiqlab, öz maqsadini «terrorçilar infratuzilmasini yöq qiliş» deb atadi.
TSAHAL şuningdek, Ğazoda Hamas guruhi içki xavfsizlik xizmati rahbari Raşid Jajuh öldirilgani haqida xabar berdi. U bu lavozimda 2024 yilning iyulidan beri işlab kelmoqda. Uning ötmişdoşi Sami Ude ham öldirilgan.
Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, oxirgi kunlarda Isroil havo hujumlari va janglarda 530 dan ortiq kişi halok bölgan.
Husiyçilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi
Yamanda husiyçilar Isroilga Ğazo sektoriga gumanitar yordam yetkaziş uçun bergan muddat tugaganidan keyin Isroil bilan boğliq kemalarga hujumlarni qayta boşlaş bilan tahdid qilişdi. Bu haqda 12 mart kuni AFP agentligi yozgan.
Agentlik tomonidan keltirilgan isyonçilar bayonotida ular Qizil va Arab dengizlari, Bob al-Mandeb böğozi va Adan körfazida «barça Isroil kemalarining ötişiga taqiq»ni yangilaş niyatida ekani aytiladi.













