Belarus sanksiyalarni chetlab o‘tib, Gambiyadan uchta Airbus samolyotini sotib oldi
Gap qariyb 250 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladigan Airbus A330 modeli haqida ketmoqda. Ushbu samolyotlar hozir Minskda.

Foto: Pexels
Belarusning sanksiyalarga uchragan «Belavia» davlat aviakompaniyasi o‘z parkini Airbus samolyotlari bilan to‘ldirishning yo‘lini topdi. Ayni vaqtda aviatashuvchi Gambiyaning Magic Air kompaniyasiga tegishli uchta havo kemasini sotib olish bo‘yicha shartnomani imzolashga tayyorgalrik ko‘rmoqda, deb yozadi Reuters.
Gap qariyb 250 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladigan Airbus A330 modeli haqida ketmoqda. Ushbu samolyotlar hozir Minskda.
Flightradar24 va ikkita boshqa monitoring servisi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotlar 2024 yil 17 avgustda Belarusga olib kelingan. Magic Air Qohira, Istanbul va Maskatdan uchta samolyotni Belarusga yuborgani haqida Aviation Week nashri ham yozgan. Gambiya Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasining ma’lum qilishicha, Airbus A330 BAAdan bo‘lgan xaridorga sotilgan, so‘ng Minskka yetkazilgan va 2024 yil 19 avgustda Gambiya reyestridan chiqarilgan.
Shu bilan birga, nashr suhbatdoshlarining ma’lum qilishicha, samolyotlar «juda yomon texnik holatda» — hozirda ularni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, «Belavia» avval faqat Amerikaning Boeing samolyotlaridan foydalangani sababli, uchuvchilar qayta tayyorgarlikdan o‘tishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, manbalardan biri Airbus A330 samolyotlari shu yilning bahor-yoz mavsumidayoq parvozlarni boshlashi rejalashtirilayotganini bildirgan.
Magic Air — xususiy kompaniya bo‘lib, samolyotlarni lizingga berish va ularni texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Uning 99 foiz aksiyasi iordaniyalik tadbirkor Tarek Ziyod Abdul Hamid Al-Ajamiga tegishli. Shuningdek, u Albaniyada ham xolding kompaniyaga egalik qiladi.
Airbus kompaniyasi amaldagi barcha qonunlar va sanksiyalarga qat’iy rioya etayotganini ma’lum qildi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, sanksiya ostidagi davlatlarga samolyotlar, ehtiyot qismlar, hujjatlar yoki xizmatlarni qonuniy yo‘l bilan yetkazib berishning imkoni yo‘q. Shu bilan birga, Airbus hech bir original uskuna ishlab chiqaruvchi uchinchi tomonlarning sanksiyalarni buzishini to‘xtata olmasligi, shuningdek, eski samolyotlar va ehtiyot qismlar bozorini nazorat qila olmasligini qayd etgan.
2021 yilda Ryanair reysi majburiy ravishda to‘xtatilganidan keyin Belarus aviakompaniyalariga YeI hududi ustidan uchib o‘tish taqiqlangan. O‘shdan Bryussel «Belavia»ga Yevropa kompaniyalari bilan yangi lizing shartnomalarini tuzishni taqiqlagan edi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Minskdagi muammolar yanada kuchaydi. 2023 yil avgustda YeI g‘arb kompaniyalariga Belarus aviatsiya sohasi uchun tovar va texnologiyalar yetkazib berishni taqiqladi. Shuningdek, AQSh va Buyuk Britaniya «Belavia»ga qarshi sanksiyalar joriy etdi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi
O‘zbekiston | 12:47
-
Putin Trampning urushni tezroq tugatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi
Jahon | 12:26
-
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 12:18
-
Navoiy ko‘chasida qurilishi bitmagan bino tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:56
Mavzuga oid

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:31 / 27.06.2025
Shavkat Mirziyoyev YeOII yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi

17:25 / 27.06.2025