Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko 16 kişini afv etdi. Ular orasida «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlar ham bor. Bu haqda BelTA davlat axborot agentligi xabar berdi.

Avf etilganlar orasida sakkiz nafar ayol va sakkiz nafar erkak bor. Ulardan uç nafari 50 yoşdan oşgan, bir nafari nogiron. Ularning ismlari oşkor etilmagan.

Iyun oyi oxirida 2020 yilda Belarusdagi norozilik harakati timsollaridan biriga aylangan muxolifatçi siyosatçi Sergey Tixanovskiy ozodlikka çiqdi. U taxminan beş yil qamoqda ötirdi. Tixanovskiy AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Kit Kellogning Minskka taşrifi natijasida ozod qilindi. U bilan birga yana 13 kişi qöyib yuborilgan edi.