Rossiyaning «Oreşnik» eng yangi gipertovuşli ballistik raketa tizimi joriy yil oxirigaça Belarusda joylaştiriladi.
Bu haqda prezident Aleksandr Lukaşenko respublika Mustaqillik kuniga bağişlangan tantanali tadbirda ma’lum qildi.
«Volgogradda Putin bilan kelişib oldik. «Oreşnik»ning dastlabki pozitsiyalari Belarusda böladi. «Oreşnik» qanday işlaşini kördingiz. Yil oxiriga qadar bu qurol Belarusda joylaştiriladi. «Oreşnik» Belarus tuproğida böladi», — dedi u.
Lukaşenko bu qadamni mamlakat milliy xavfsizligini mustahkamlaş harakatlarining bir qismi sifatida baholadi. Uning fikriça, bu suverenitetni himoya qiliş va taşqi tahdidlarning oldini oliş uçun zarur.
«Oreşnik» — bir neçta jangovar kallaklarga ega Rossiyaning eng yangi ballistik gipertovuşli raketasi. U ham yadroviy, ham yadrosiz variantda jihozlanişi mumkin. Raketaning uçiş masofasi 5500 kilometrni taşkil qiladi.











