Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi.

«Parij tinçlik forumida köpçilikni bolalar taqdiri va Samarqandda biz kötargan masalalar çindan öylantirayotganini his qildim. Aslida tinçlik degani - har bir bolaning qayerda va qanday oilada tuğilganiga qaramay, xotirjam öqişi, bexavotir ulğayişi va öz kelajagiga işonişidir», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Parij tinçlik forumi (Paris Peace Forum) - Fransiya prezidenti Emmanuel Makron taşabbusi bilan 2018-yilda taşkil etilgan, har yili ötkaziladigan xalqaro platformadir. Forum davlatlar, xalqaro taşkilotlar, biznes hamda fuqarolik jamiyati vakillarini global muammolarni muhokama qiliş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda xavfsizlik, iqtisodiyot, ekologiya va texnologiyalar sohasida yeçimlar izlaş uçun birlaştiradi.