Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni «Markaziy Osiyo – YeI» birinçi sammitida iştirok etiş uçun Samarqand şahriga kelgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Özbekiston bilan Turkmaniston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş masalalari körib çiqildi. Ötgan yil yakunlariga köra 1,1 milliard dollardan oşgan tovar ayirboşlaş körsatkiçlari barqaror ösib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sanoat, energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi sohalarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Birgalikda «Şovot - Toşhovuz» çegaraoldi savdo zonasi taşkil etilmoqda. Faol hududlararo muloqotlar va madaniy-gumanitar almaşinuv doirasidagi tadbirlar muntazam ötkazilmoqda. Bölajak oliy darajadagi ikki tomonlama uçraşuvlar va köp tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik köriş, şuningdek, keng qamrovli hamkorlik böyiça qöşma loyihalarni ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov bilan uçraşdi.

Özbekiston va Qirğiziston yetakçilari 31 mart kuni Xöjand şahrida davlat rahbarlarining uç tomonlama uçraşuvi samarali bölgani hamda davlat çegaralarining tutaş nuqtasi töğrisida tarixiy şartnoma imzolanganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar. Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari, xususan, sanoat, transport, energetika va infratuzilma sohalarida muhim kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş çoralari körib çiqildi. Davlat rahbarlari faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvni davom ettiriş zarurligini ta’kidladilar. Bölajak tadbirlar rejasi va mintaqaviy hamkorlikning boşqa dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.
Şu bilan birga, Şavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara ötkazdi.

Suhbat avvalida Özbekiston va Tojikiston yetakçilari joriy yil 31 mart kuni Xöjand şahrida ötgan oliy darajadagi uç tomonlama uçraşuvning tarixiy natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Çegara masalalarining töliq tartibga solinişi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirişda yangi sahifa oçişi ta’kidlandi.
Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi. Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şu oyda bölib ötadigan Hukumatlararo komissiya yiğilişida tovar ayirboşlaşni köpaytiriş va kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş böyiça aniq çora-tadbirlarni işlab çiqiş muhimligi qayd etildi.
Yetakçilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni, şuningdek, ikki va köp tomonlama tadbirlarga tayyorgarlikni muhokama qildilar.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev bilan uçraşdi.

Özbekiston-Qozoğiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini ikki davlat rahbarlarining yaqinda Olmaota şahrida bölib ötgan norasmiy uçraşuvida erişilgan kelişuvlarni hisobga olgan holda yanada rivojlantiriş hamda mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat hukumatlari tovar ayirboşlaşni köpaytiriş, iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni, şu jumladan hududlar darajasida ilgari suriş böyiça muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlar körişi muhimligi ta’kidlandi. Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini işga tuşiriş jarayonini tezlaştiriş töğrisida kelişib olindi. Şuningdek, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almaşildi, oliy darajadagi tadbirlar jadvali körib çiqildi.












