Isroilning havo hujumi oqibatida Ğazo şahridagi töliq işlab turgan «Al-Ahli» baptistlar kasalxonasining bir qismi vayron bölgan. Bu BBC’ning Ğazodagi muxbiri Ruşdi Abualuf xabar berdi.
Guvohlarning sözlariga köra, zarba natijasida şifoxonaning intensiv terapiya va jarrohlik bölimlari vayron bölgan.
Internetda e’lon qilingan videoda ikki qavatli binoga raketalar kelib urilganidan söng ulkan alanga va tutun kötarilganini köriş mumkin. Odamlar, jumladan, hali ham kasalxonada yotgan ba’zi bemorlar voqea joyidan qoçişga tuşgan.
Isroil mudofaa kuçlari şifoxonaga zarba berganini tasdiqlab, buni u yerda «Hamas tomonidan foydalanilgan qömondonlik va boşqaruv markazi» joylaşgani bilan izohlagan. Ğazodagi fuqarolik xizmati jabrlanganlar yöqligini xabar qilgan.
Biroq, kasalxona bilan aloqador bölgan Quddus Yeparxiyasi bayonotida boşidan jarohat olgan bir bola «şoşilinç evakuatsiya» natijasida vafot etgani aytiladi.
Hamas nazorati ostidagi Ğazo soğliqni saqlaş vazirligining ta’kidlaşiça, bino «butunlay vayron bölgan», bu esa «bemorlar va şifoxona xodimlarining majburiy köçirilişi»ga olib kelgan.
TsAXAL bayonotida ta’kidlanişiça, isroillik harbiylar «tinç aholiga yoki kasalxona majmuasiga yetkaziladigan zararni kamaytiriş, jumladan, hududda terrorçilik infratuzilmasi haqida oldindan ogohlantiriş, aniq öq-dorilardan foydalaniş va havodan kuzatiş çoralari»ni körgan.
Şifoxonada işlaydigan mahalliy jurnalistning naşr muxbiriga aytişiça, Isroil harbiylari şoşilinç yordam bölimida operatsiya qilayotgan şifokorga qönğiroq qilib, undan zudlik bilan şifoxonadan çiqib ketişni söragan.
«Barça bemorlar va köçirilgan şaxslar xavfsiz masofaga çiqişi kerak. Şifoxonani tark etiş uçun atigi 20 daqiqa vaqtingiz bor», – degan qönğiroq qilgan şaxs.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarda xodimlar va bemorlar köça hali qoronği bölganida binoni tark etayotganini köriş mumkin.
Önlab falastinliklar, jumladan ayollar va bolalar özlari vaqtinça boşpana qilgan şifoxonaning içki hovlisini tark etişgan.
Uruşdan oldin «Al-Ahli» kasalxonasi kiçik tibbiyot muassasasi bölgan. Biroq, «Aş-Şifo» tibbiyot majmuasi va sektorning şimoliy qismidagi şifoxonalar vayron qilinganidan söng, u Ğazo şahridagi yagona töliq işlaydigan şifoxona bölib qolgandi.
Ğazo hukumati matbuot xizmati öz bayonotida hujumni qoraladi. Isroil «yuzlab bemorlar va tibbiyot xodimlari bölgan Al-Ahli kasalxonasiga zarba berib, dahşatli jinoyat sodir etmoqda», deyiladi bayonotda.
2023 yil oktyabr oyida xuddi şu şifoxona hovlisida yuzlab odamlar halok bölgandi.
Falastin hukumati portlaş Isroil zarbasi oqibatida röy berganini ma’lum qilgandi. Isroil tomoni esa portlaşga Falastindagi «Islomiy jihod» guruhi tomonidan uçirilgan raketa qulab tuşişi sabab bölganini aytgan.
Isroil harbiylari 2023 yil 7 oktyabr voqealaridan keyin boşlagan harbiy amaliyot davomida Ğazoda 51 mingga yaqin odam halok bölgani aytiladi. Şundan 1563 kişi Isroil 18 mart kuni Ğazo sektoriga hujumni qayta boşlaganidan keyingi davrda halok bölgan.













