Uşbu voqea uşbu ikki moliyaviy institut örtasidagi uzoq yillik hamkorlikdagi muhim bosqiç bölib, xalqaro savdoni moliyalaştiriş sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamladi.
Mazkur kelişuv Ipak Yo‘li Banki’ga moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiriş hamda mijozlarining xalqaro operatsiyalarini faol qöllab-quvvatlaş imkonini beradi. Bu esa ularning taşqi savdo faoliyatining barqaror ösişiga xizmat qiladi.
Uçraşuvda Ipak Yo‘li Banki nomidan Boşqaruv raisining örinbosari Forruh Isxaqov iştirok etdi. U uşbu strategik hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladi:
«Uşbu bitim imzolanişi – xalqaro aloqalarimizni mustahkamlaş va mijozlarimiz uçun savdo moliyalaştiruvi xizmatlarimizni kengaytiriş yölida muhim qadamdir. Commerzbank bilan hamkorligimiz bank xizmatlarining sifatini yangi bosqiçga olib çiqişiga işonamiz».
Ipak Yo‘li Banki va Commerzbank örtasidagi hamkorlik 2007 yildan buyon davom etib kelmoqda. Şu vaqt mobaynida banklar kiçik va örta biznesni klassik savdo moliyalaştiruvi vositalari orqali qöllab-quvvatlaşga qaratilgan bir qator qöşma taşabbuslarni amalga oşirdi.
Hamkorlikning yangi bosqiçi moliyaviy jarayonlarni yanada soddalaştiradi va global savdoda yangi imkoniyatlarni oçadi.
Ipak Yo‘li Banki xalqaro hamkorliklarni rivojlantiriş va savdo moliyalaştiruvida innovatsiyalarni ilgari surişga sodiq qoladi.
Reklama huquqi asosida







