Joriy yilning 10 fevral kuni Ipak Yöli Banki Özbekistonda kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş maqsadida Gollandiya tadbirkorlikni rivojlantiriş banki – FMO dan 100 million AQŞ dollari miqdorida moliyaviy kömak jalb qiliş uçun bitim imzoladi. 

Uşbu bitim bankka kiçik va örta biznes loyihalarini faol moliyalaştiriş, energiya samaradorligini oşiriş va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş hamda mamlakatda yoşlar va ayol tadbirkorlar faoliyatini kengaytiriş uçun mablağ ajratiş imkonini beradi. Hamkorlik dasturi doirasida mablağlar multi-valuta şaklida taqdim etilib, qarzni AQŞ dollari yoki milliy valutada oliş mumkin böladi. 

"Biz 2013 yildan beri FMO mijozi bölgan Ipak Yöli Banki uçun uşbu yangi uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlik bilan faxrlanamiz. Bank barqaror moliyalaştiriş va moliyaviy inklyuziyaga yönaltirilgan strategik hamkor sifatida rivojlandi. Mablağ ekologik loyihalar, yoş va ayol tadbirkorlarni moliyalaştiriş uçun işlatilişi FMOning tengsizlikni kamaytiriş va iqlimni himoya qiliş maqsadlariga mos keladi. Ipak Yöli Banki jamoasiga ajoyib hamkorlik uçun rahmat", – dedi FMO investitsiyalar bölimi hamrahbari Xeyb-Yan de Ruyter.

"Uşbu kelişuv banklarimiz örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşda muhim qadam bölib, yaşil loyihalar va tengsizlikni kamaytirişga qaratilgan taşabbuslarni, şu jumladan mikrobiznes, yoşlar va ayollar boşçiligidagi kiçik va örta korxonalarni qöllab-quvvatlaydi. Bu resurslar yangi iş örinlari yaratişga, ayniqsa yoşlar va ayollar rahbarligidagi bizneslarga yordam beradi", – dedi Ipak Yöli Banki boşqaruvi raisi Saidabror Saydahmedov.

FMO haqida 

FMO – Gollandiya tadbirkorlikni rivojlantiriş banki. Ijtimoiy ta’sirga yönaltirilgan yetakçi investor sifatida FMO rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy sektorning barqaror ösişini qöllab-quvvatlaydi. Kuçli xususiy sektor iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişga yordam beradi deb hisoblagan FMO 50 yildan ortiq tajribaga ega. Bank agrobiznes, oziq-ovqat va suv, energiya va moliyaviy institutlar kabi sohalarga e’tibor qaratadi. 85 dan ortiq mamlakatda 13 milliard yevroga yaqin portfeli bilan FMO dunyodagi eng yirik ikki tomonlama xususiy sektor banklaridan biridir. Qöşimça ma’lumotni www.fmo.nl orqali oliş mumkin.

 Reklama huquqi asosida