Isroil hukumati Quddus yaqinidagi örmonlarga öq qöyişda gumonlangan 18 kişini qölga oldi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Binyamin Netanyahu ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, gumonlanuvçilardan biri öt qöyayotgan joyida uşlangan. Şu bilan birga, The Times of Israel’ning mamlakat yonğin-qutqaruv xizmatiga tayanib yozişiça, keng kölamli örmon yonğinlar nima sababdan yuzaga kelgani hali aniq emas.
Yahudiy milliy jamğarmasi («Karen Kayemet le-Israel) ma’lumotlariga köra, 30 aprel kuni ertalab boşlangan yonğinlar hozirga qadar Quddus atrofidagi 2 ming gektarga yaqin yerni yakson qilgan. Beyt-Şemeş şahri yaqinida joylaşgan «Kanada» milliy boği deyarli butunlay yonib ketgan.
Örmon yonğinlarini öçiriş işlari davom etmoqda. Bir kun oldin yopilgan yöllar, jumladan, Şosse 1 oçib yuborilgan. Yonğin tufayli keça evakuatsiya qilingan aholi punktlarining ayrimlariga fuqarolarning qaytişiga ruxsat berilgan.
Isroil hukumati Italiya, Xorvatiya, Bolgariya, Gretsiya va Kiprdan yonğinni öçirişda yordam söragan. Xalqaro yordam mamlakatga 1 may kuni yetib kelişi kutilmoqda.












