AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasida kutilayotgan suhbat oldidan Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya davlat va hukumat rahbarlari 18 may, yakşanba kuni keçqurun Amerika yetakçisi bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilişdi.

«Germaniya kansleri Fridrix Mers yakşanba kuni keçqurun (18 may) AQŞ prezidenti Donald Tramp hamda Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya davlat va hukumat rahbarlari bilan Ukrainadagi vaziyat hamda AQŞ va Rossiya prezidentlari örtasida bölajak telefon suhbatini muhokama qildi. Fikr almaşiş Tramp va Putin örtasidagi duşanbaga rejalaştirilgan suhbatdan söng darhol davom etadi», — deya yozdi nemis rasmiysi Ştefanus Kornelius matbuot uçun bayonotda.

Öz navbatida, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmerning aniqlik kiritişiça, Yevropa yetakçilari va AQŞ prezidenti örtasidagi suhbatda asosiy e’tibor «Ukrainadagi vaziyat va uruşning har ikki tomon uçun halokatli bahosi» haqida bölgan.

Matbuot kotibi ta’kidlaganidek, Rossiya öt oçişni töxtatiş va tinçlik muzokaralarini olib boriş uçun jiddiy sa’y-harakatlar qilmasa, boşqa narsalar qatorida sanksiyalar qöllanişi muhokama qilindi.

Öz navbatida, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron özining X mikroblogida Yevropaning tört yetakçisi va Donald Tramp örtasidagi suhbatdan söng quyidagilarni yozdi: «Ertaga prezident Putin prezident Tramp taklif qilgan va Ukraina va Yevropa tomonidan qöllab-quvvatlangan 30 kunlik şarsiz öt oçişni töxtatiş kelişuvini qabul qilib, tinçlikni xohlaşini körsatişi kerak».