Isroil Mudofaa armiyasi «Gideon jangovar aravalari» nomini olgan operatsiya doirasida «keng kölamli quruqlikdagi harakatlar» boşlanganini e’lon qildi.
TSAHAL bayonotida qayd etilişiça, sönggi bir hafta içida Isroil harbiy-havo kuçlari Ğazo sektorida «HAMASga tegişli 670 dan ortiq terrorçilik obektiga zarba bergan» va «Ğazo sektorida harakat qilayotgan qöşinlarga doimiy kömak körsatmoqda».
Isroil boş vaziri kanselyariyasi maslahatçisi Dmitriy Gendelmanning ma’lum qilişiça, Isroil operatsiyaning hal qiluvçi bosqiçiga kirgan. «TsAXAL egallagan har bir metr — bu HAMASni tor-mor qiliş, garovdagilarni ozod etiş va barqarorlikni qayta tiklaş yölidagi navbatdagi qadamdir. Isroil uruş istamaydi, ammo uni yuritişdan ham, ğalaba qozonişdan ham qörqmaydi», — deb yozadi Gendelman.
The Sunday Times naşri ma’lumotlariga köra, agar yaqin kunlarda HAMAS bilan öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilmasa, Isroil armiyasi operatsiya davomida Ğazodagi tinç aholini majburan uçta hududga köçirişni, bu hududlarni esa törtta egallangan zona bilan ajratişni rejalaştirgan. Biroq TsAXAL bu rejalarni hozirça rasman tasdiqlamagan.
Harbiylar tomonidan operatsiyaning boşlanişi e’lon qilinganidan söng, garovga olinganlar oilalari ştabi bayonot bilan çiqib, bu harakatlar «garovda qolayotganlar ölimiga olib kelişi va halok bölganlarning jasadini qaytariş imkoniyatini butunlay yöq qilişi mumkin»ligidan ogohlantirdi.
5 may kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Ğazo sektorida yanada şiddatli hujum boşlanişini ma’lum qilgan edi. Uning sözlariga köra, mamlakatning asosiy maqsadi özgarişsiz qolmoqda – HAMAS guruhini yöq qiliş. 13 may kuni esaNetanyahu Ğazodagi harbiy operatsiya tez orada yakunlanişini e’lon qildi va HAMAS «u yerda qolmasligini» ta’kidladi.












