Ukraina öz hududlaridan qöşinlarini olib çiqmaydi, dedi mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy Donald Tramp va Vladimir Putin örtasidagi telefon suhbatidan söng. «Agar Rossiya qöşinlarimizni yerimizdan olib çiqiş uçun şart qöysa, bu ular uruş tugaşini istamayapti, degani. Çunki ular Ukraina buni qilmasligini aniq tuşunişadi», — dedi Zelenskiy 19 may, duşanba kuni keçki brifingda.
Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, uning konstitutsiyaviy burçi mamlakat mudofaasini davom ettirişdir. «Ultimatumlar bölmaydi, heç kim öz yerlarini, öz xalqini, uyini taşlab qöymaydi», deb ta’kidladi u.
Ukraina prezidenti, şuningdek, Tramp Rossiya murosaga tayyor ekanini aytganiga e’tibor qaratdi. Oq uy rahbari uçun eng muhimi, Kiyev va Moskva bevosita muzokaralarni boşlaşi. Şu bilan birga, Zelenskiyning özi uruşni tugatiş yölidagi birinçi qadam sifatida öt oçişni töxtatişni körişni xohlaydi, çunki bu bilan ruslar tinç yöl orqali kelişuvga çinakam tayyor ekanligini namoyiş etişlari mumkin edi.












