Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan suhbat çoğida vaqtdan yutişga harakat qildi va buni uddaladi. Çunki suhbatdan keyin Tramp öt oçişni töxtatiş talablari va sanksiyalar tahdididan voz keçayotganiga işora qildi, deb yozdi Bloomberg.

Tramp va uning ittifoqçilari örtasidagi yopiq eşiklar ortida bölib ötgan muzokaralardan xabardor odamlarning sözlariga köra, AQŞ prezidenti Rossiyaning ğalaba qozonişiga işonçi komil ekanini oçiq aytgan va Kremlning bir qator tezislarini takrorlagan. Bu yevropaliklarda AQŞ tinçlik kelişuviga erişiş böyiça öz majburiyatidan voz keçişni rejalaştirayotgani haqida xavotir uyğotgan.

«Tramp Zelenskiyni, ayniqsa, Oval kabinetda bir neça bor tanqid qilgan edi. Ammo Putinga bosim ötkazmadi, bu agar Putin öt oçişni töxtatişdan boş torsa, qöşimça sanksiyalar bilan tahdid qilişdan boş tortganidan dalolatdir», deyiladi maqolada.

Londondagi Qirollik mudofaa tadqiqotlari instituti katta ilmiy xodimi Jyek Uotling sözlariga köra, diplomatik çekiniş Putinga qöl keladi.

«Rossiya operatsiyalarni çeksiz davom ettira olmaydi, ammo hozirça Moskva Ukrainaga ta’siri vaqt ötişi bilan kuçayişiga işonmoqda. Va Tramp muzokaralardan çiqişiga qattiq şama qilar ekan, Rossiya harbiylari öz amaliyotlarini kuçaytiriş niyatida», dedi u.

Bu holatlar Kiyevda çuqur xavotir uyğotmoqda, çunki uning ittifoqdoşlari orasida faqat Vaşington Putinni uruşni tugatişga majburlaş qudratiga ega. Ukrainaning Patriot havo mudofaa tizimlaridan tortib Starlink razvedkasigaça bölgan AQŞ harbiy yordamiga boğliqligi haqida gapirmasa ham böladi.

Biroq, Uotling sözlariga köra, uruş davom etar ekan, Kreml ham qiyin tanlovlar oldida turibdi.

«Rossiya hujumlarni 2026 yilda ham davom ettirsa, siyosiy va iqtisodiy jihatdan qiyin bölgan qöşimça majburiy safarbarlikka muhtoj böladi», dedi u.

Putinning mantiğini «Milliy mudofaa» jurnali boş muharriri Igor Korotçenko aytdi. U Rossiya yana qaysi hududlarni qölga kiritişidan qat’i nazar, «muzokaralarda öz pozitsiyasini obektiv ravişda mustahkamlaşini» ta’kidladi.