22 may, payşanba kuni Vaşingtondagi federal sudda bir kun avval AQŞ poytaxti markazida Isroil elçixonasining ikki xodimini otib taşlaganlikda gumonlanayotgan Çikagoda yaşovçi 30 yoşli Elias R.ga qarşi ayblovlar qöyildi. Ayblovlar röyxatiga ikkita birinçi darajali qotillik, xorijiy amaldorlarni öldiriş, öqotar qurol bilan öldiriş va zöravonlik jinoyatida öqotar quroldan foydalaniş kiradi.
Vaşingtondagi federal prokuratura rahbari vazifasini bajaruvçi Janin Pirro bu iş terrorçilik harakati va nafrat jinoyati sifatida tekşirilişini aytdi. Uning qöşimça qilişiça, ayblanuvçi ölim jazosiga mahkum etilişi mumkin. AQŞ boş prokurori Pam Bondi gumonlanuvçi yolğiz harakat qilgani böyiça dastlabki versiyani aytdi.
Elias R. 22 may kuni birinçi sud majlisida deyarli heç narsa demadi, faqat sudyaning öz huquqlarini tuşunadimi yoki yöqmi degan savoliga «ha» deb javob berdi. Ayblanuvçi hibs böyiça eşituvlar huquqidan voz keçdi. Uning işi böyiça dastlabki sud majlisi 18 iyunga belgilangan.












