Davlat va jamoat arbobi, madaniy merosni saqlaş hamda tarğib qilişga hissa qöşgan arxeolog olim Zafar Hakimov 83 yoşida vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Zafar Hakimov 1942 yil 14 avgustda Buxoro şahrida tuğilgan. 1964 yilda Toşkent davlat universitetini tugatgan. 1964−1985 yillarda San’atşunoslik institutida laborant, aspirant, kiçik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, ilmiy kotib lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U turli yillarda davlat taşkilotlarida rahbar va mas’ul lavozimlarda, xususan, 1985−1988 yillarda Özbekiston Badiiy fondi direktori, 1988−1990 yillarda Özbekiston KP markaziy qömitasi madaniyat bölimi mas’ul xodimi, 1990−1992 yillarda Prezident apparati madaniyat, fan, ma’naviy tarbiya masalalari böyiça yetakçi konsultanti, 1992−1993 yillarda Madaniyat vazirining birinçi örinbosari, vaziri bölib işlagan.
Şuningdek, Hakimov 1993−1995 yillarda Özteleradiokompaniya raisining birinçi örinbosari, 1995−1997 yillarda Özteleradiokompaniya raisi, 1998 yilda Prezident apparati jamoat taşkilotlari bilan aloqalar böyiça yetakçi konsultanti va 1998−1999 yillarda «Özbekiston Milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy naşriyoti yetakçi ilmiy muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Zafar Hakimov 1999 yildan boşlab «Moziydan sado» ilmiy-amaliy, ma’rifiy jurnalining boş muharriri lavozimida mehnat qilib kelgan.
«Faoliyati davomida uning tarix, arxeologiya, arxitektura masalalariga bağişlangan 50 ta maqolalari, monografiya va qöllanmalari respublika naşrlarida çop etilgan. Olim 1970−1979 yillarda sovet-afğon arxeologik ekspeditsiyasi tarkibida Şimoliy Afğonistonda önlab qadimiy voha va manzilgohlarni kaşf etgan», — deyiladi xabarda.












