Ğazoda otaşkesim böyiça AQŞ taklif etgan loyihaga Hamas nega könmayapti? Suriyaning yangi hukumati Isroilni tan oladimi? AQŞ–Eron muzokaralarida oldinga siljiş töxtab qoldimi? Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida – Yaqin Şarqdagi sönggi jarayonlar yuzasidan siyosatşunoslar Farhod Karimov va Şavkat Ikromov şarhi.

— AQŞ prezidentining maslahatçisi Stiv Uitkoff işlab çiqqan sulh loyihasi asosida, Ğazoda öt oçişni 60 kunga töxtatiş taklif qilinyapti. Isroil rozi, ammo Hamasni qoniqtirmayotgan narsa nima?

Farhod Karimov: Bundan avvalgi vaqtinçalik sulh 1 martda tugagan, şundan keyin 18 martdan boşlab Isroil yana harbiy harakatlarni boşlagandi. Sönggi haftalarda TSAHAL Ğazoda “tozalaşning yangi bosqiçi”ni e’lon qildi.

Şu fonda AQŞ hukumati 60 kunlik sulh taklifi bilan çiqyapti. 18 nafar asirni Isroilga qaytariş evaziga, 1100 dan ortiq ğazolik asirlarni tutqunlikdan çiqariş ilgari surilyapti. Lekin Hamas buni qabul qilmayapti. Hamas 60 kunlik emas, Ğazodagi uruşni butkul tugatiş va Isroil armiyasining hududdan çiqib ketişini talab qilyapti. Doimiy sulhsiz, 60 kunlik otaşkesim Isroilni töxtatmaydi, degan fikr bor.

Undan taşqari, humanitar yordam yuklarini yetkazib beriş masalasi. AQŞ taklifiga köra, insonparvarlik yuklarini yetkazib beriş faqat Qöşma Ştatlar tomonidan amalga oşirilişi kerak. Bu esa Hamasga noqulay, çunki yuk yetkazib beriş orqali Hamasning muhim infratuzilmalari haqidagi ma’lumotlar qölga kiritilişi mumkin.

Şavkat Ikromov: Hamas rahbariyatining fikriça, Isroil böyiça AQŞning vakili Stiv Uitkoff Isroilga xayrixoh, Hamasga esa duşmanona kayfiyatdagi şaxs bölib, mazkur sulh şartlari tuzilayotganda töliqligiça bu narsa özining ifodasini topgan.

Taktik jihatdan Hamas allaqaçon mağlubiyatga uçrab böldi, u hozir armiya sifatida tölaqonli harakat qila olayotgani yöq. Lekin Hamasning strategik uzoq muddatli rejalarida mavjud vaziyat inobatga olingan. Isroil esa Hamasni oxirigaça yöq qilib yubormasdan, u bilan har qanday şartnomalar tuziş Hamasning qayta tiklanişi uçun asos böladi deb hisoblaydi.

Isroil hukumati insonparvarlik yordami masalasida “humanitar tuzoq” taktikasini qöllayapti. Isroil Ğazoga humanitar yordamlar bilan birga qurol-yaroğ ham kirib kelayotganini da’vo qiladi, lekin şu paytgaça bu da’volariga heç qanday asos keltirmagan. Xalqaro tekşiruvlarda ham biron bir tasdiq topilmagan.

Ğazo aholisi bugun öta oğir vaziyatda. Hamasda hozir heç bölmasa 60 kunlik otaşkesimga erişib bölsa ham öz xalqiga yengillik beriş majburiyati ham mavjud.

— Suriya va Isroil munosabatlari diplomatik munosabatlar örnatiş tomon ketyaptimi?

Farhod Karimov: Bunday xabarlarni dunyodagi nufuzli naşrlar ham qayd etyapti. Hatto tomonlar Ozarboyjonda ham norasmiy uçraşuvlar ötkazgani, unda Turkiya ham qatnaşgani haqida ma’lumotlar mavjud. Suriya hokimiyatiga Ahmad aş-Şara kelgaç mintaqada kuçlar muvozanati özgardi. Ya’ni Isroilning duşmani bölgan Eron öyindan çiqdi va Turkiya ta’sir doirasini kengaytirdi. Lekin şu muzokaralar paytida ham Isroil Suriya hududlarini bombardimon qilişni unutmayapti. Isroil tomonidan amalga oşirilayotgan raketa zarbalari muvofiqlaştirilgan holda amalga oşirilayotganga öxşaydi. Çunki Aş-Şara hukumati bunga keskin javob bermayapti. Göyoki Suriyada Şaraning xabarisiz ayrim guruhlar Isroil tomonga ikkita-uçta raketa uçirgan bölyapti, natijada Isroil bunga keskin hujumlar bilan javob qaytaryapti. Aş-Şara ayrim bir keraksiz bölgan, unga xalaqit berayotgan qaysidir guruhlarni sekin-asta şu yöl bilan yöq qiliş yölini tutayotgan bölişi ham mumkin.

Suhbatni töliq holda YouTube'da tomoşa qilişingiz mumkin.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.