Eron va AQŞ örtasidagi muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolgani Yaqin Şarqda yangi harbiy töqnaşuv ehtimolini oşiryapti. Tahlilçilarga köra, bu vaziyat Isroil uçun qulay fon yaratmoqda: Netanyahu hukumati içki bosimdan çalğitiş va AQŞni Eronga qarşi harbiy çoralar körişga jalb etiş harakatida. Şu bilan birga, bu bosim Trampning siyosiy usullaridan biri bölişi mumkin degan qaraş ham bor.

— AQŞ Eron bilan muzokaralar muvaffaqiyatcizlikka uçragani Isroil hujumiga sabab böladimi yoki bu Trampning bosim usuli?

Farhod Karimov: Bu yerda köproq men Trampning emas, birinçi navbatda Isroilning ta’sirini köryapman. Isroil eskalatsiyaga ançadan beri harakat qilib kelyapti. Ğazoda 7 oktyabr voqealaridan keyin, hatto undan oldin ham Eron bilan kattaroq uruş çiqariş va bu yerda biratöla Isroilga qarşi çiqişi mumkin bölgan kuçlarni AQŞning qöli bilan yöq qilişga harakat qilgan edi. Qaysidir ma’noda köp jihatdan bu maqsadga erişdi ham. Misol uçun, “Hizbulloh”, HAMAS va bir qator şunga öxşagan guruhlar yoki Suriyada hatto Başar Asadning ham ketkazilişi – Isroilga juda ham qulay muhitni yaratdi. Bugun Isroilning katta rejalari va katta işlarni amalga oşirişi uçun deyarli tösiq qolmadi.

Hattoki, Eronning özida ham prezident saylanganidan keyin mamlakat taşqi siyosatida bir qator özgarişlar amalga oşirildi. Töğri, duşmanlik hali ham saqlanib turibdi, lekin bugun Eron Isroilga töğridan töğri xavf solayotgani yöq. 2024 yil tomonlar bir-biriga raketalar uçirganda ham harbiy mojaro bölişini Isroil xohlagan edi, lekin Eron öziga xos bosiqlikni his qilgandi. Çunki Isroil uruşni boşlab olsa, öşa kunning özida AQŞ bu uruşga aralaşişga majbur böladi.

Eron – Iroq emas, lekin bugungi Eronning holati Iroqning holatini eslatyapti. 2003 yilda AQŞ harbiylari xavfli kimyoviy qurollar işlab çiqaryapti degan da’vo bilan Iroqqa bostirib kirgan edi. Iroq nega kuçsiz bölib qolgan edi? Sovet Ittifoqi parçalangandan keyin uning himoyaçilari, unga yordam beradigan kuçlar yöq edi. Bugun ham Eron aynan şunday vaziyatga tuşib qolyapti: Rossiya Ukraina bilan ovora.

Yaqin Şarqdagi sönggi soatlarda tarqatilgan Eron bilan boğliq şov-şuvli xabarlar Tehronga bosim ötkaziş maqsadida bölyapti. 15 iyun kuni Eron yadro dasturlari böyiça ötkaziladigan 6-tur muzokaralari oldidan axborot hujumi. Vaşington Eronga nisbatan sanksiyalar borasida ham, uranni tinç yölda boyitişda ham yon bermoqçi emas. Undan taşqari, AQŞ yadroviy dastur muhokamasiga Eronning mintaqadagi siyosiy masalalarini ham kirityapti.

Jahongir Akramov: Eron atrofidagi ziddiyatli vaziyatdan, Tehron–Vaşington muzokaralari inqirozidan eng asosiy manfaatdor – bu hozirgi Netanyahu hukumati. Çunki Netanyahuga nisbatan içki va taşqi siyosatda bosim ortib boryapti. Hatto Britaniya, Fransiya, Kanadaning tobora Falastinni tan oliş töğrisidagi tahdidlari Isroilni noqulay holatga solyapti. Mana şunday vaziyatda Netanyahu uçun uruşlar zarur va u tobora AQŞni muzokaralardan çiqarib, Eronga qarşi harakatlarda iştirok etişga intilyapti.

Isroil Eronning şarqiy hududlaridagi yadroviy nuqtalariga zarba berişi mumkin. Bu jarayonda amerikaliklar ham iştirok etişi mumkin, çunki yadro obektlari 60 metrgaça yer ostida joylaşgan va bunday çuqurlikka zarba beruvçi maxsus bombalar Isroilda mavjud emas. Şuning uçun ham bunday hujumni AQŞ samolyotlari iştirokçilarisiz amalga oşiriş imkonsiz. Undan taşqari, menimça, Isroil hukumati Eron rejimi saqlanib qolişidan ham manfaatdor. Çunki Isroilning taşqi duşmani yöqolganidan keyin hukumatda taftiş boşlanadi. Şuning uçun ham Isroilning zarba beriş ehtimolini men baland deb hisoblagan bölar edim. Çunki hozirgi Netanyahu rejimi uçun hokimiyatda qolişning yagona yöli – yana yangi uruş boşlaşdir.

Agar uruş boşlansa ham Rossiyaning Eronga yordam bermaslik ehtimoli yuqori, çunki Isroil Rossiyaga nisbatan e’lon qilingan sanksiyalarga qöşilmagan.

Şuningdek, suhbat davomida AQŞdagi ğalayonlar, Özbekistonning Rossiyaga notasi va global hamjamiyatdagi boşqa muhim mavzular muhokama qilindi. Suhbatni töliq holatda You Tube platformasida tomoşa qiling.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi