Eron öz hududiga hujum qilişda Isroilga kömaklaşayotgan davlatlarga javob zarbalari bilan tahdid etdi. Bu haqda Eron naşrlariga tayanib «Kommersant» xabar berdi.
Eronning Fars naşri xabariga köra, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQŞ bu haqda ogohlantirilgan.
Qayd qilinişiça, Eronning nişonlari orasida Fors körfazidagi Isroil ittifoqçilarining harbiy bazalari va kemalari bölişi mumkin, jumladan Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy bazalari. Şuningdek, Tehron Qizil dengizdagi kemalarga zarba berişga tayyorligini ma’lum qilgan.
Isroil 13 iyunga ötar keçasi Eron hududiga hujum qila boşladi. Oqibatda Eronning bir qança yuqori martabali harbiy ofitserlari, şuningdek, yadroviy tadqiqotlar bilan şuğullanuvçi olimlar halok böldi. Umuman olganda, Eron hukumati ma’lumotlariga köra, Isroil hujumlari oqibatida 78 kişi halok bölgan, 320 nafardan ortiği jarohatlangan, ular orasida tinç aholi ham bor.
Eron bunga javoban 13 iyun kuni keçqurun Isroilga qarata raketalarni otdi. OAV xabar berişiça, oqibatda 4 kişi halok bölgan, 70 nafardan ortiği jarohatlangan.












