Isroil ketma-ket törtinçi kun Erondagi strategik nişonlarga hujum qilmoqda. 16 iyun, duşanba kuni tongda Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) Eron markazidagi «yer-yer» raketa omborlariga, şuningdek, Tehrondagi Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning bir qança qömondonlik markazlariga zarbalar berilgani haqida xabar qildi. Keça keçqurun Isroil Eron ğarbidagi «yer-yer» raketalari saqlanadigan önlab nişonlarga zarba bergani haqida xabar qilgandi. Mamlakat şimoli-şarqidagi Maşhad şahridagi aeroport ham hujumga uçragan.
Öz navbatida, Eron 16 iyun kuni ertalab yangi raketa hujumlarini boşladi. Isroil tez yordam xizmati ma’lumotlariga köra, Isroilning markaziy qismiga berilgan zarbalar natijasida tört kişi halok bölgan, 87 kişi jarohatlangan. AFP agentligi Tel-Avivdagi yonib ketgan turar joy binolari va Hayfa sohilböyi şahri yaqinidagi yonğinlar tasvirlarini çop etdi. Quddusda kuçli portlaşlar eşitildi. IIMK Isroildagi nişonlarga «bundan ham vayronkor» zarbalar beriş bilan tahdid qildi.
13 iyunga ötar keçasi Isroil Eronga misli körilmagan hujum uyuştirib, mamlakatdagi yadroviy obektlar va harbiy infratuzilmalarga zarba berdi, bu vaqtda köplab yuqori martabali harbiylar ham halok böldi. Eron Isroilga raketa va uçuvçisiz uçoqlar bilan javob berdi.
Tehron ma’lumotlariga köra, Isroilning juma kunidan beri Erondagi zarbalari oqibatida kamida 224 kişi halok bölgan, 1000 dan ortiq kişi jarohatlangan. Har ikki tomondan aholi turar joylariga vayronkor raketa zarbalari berilgani xabar qilingan. Dam oliş kunlari Isroilda Eron uçuvçisiz uçoqlari va raketalari tufayli havo hujumi haqida ogohlantiriş signallari tinmay yangradi.













