Eronning raketa zaxiralari kamaymadi, lekin ulardan foydalaniş böyiça strategiya özgardi, dedi CNN telekanaliga eronlik manba. Uning qöşimça qilişiça, Isroil bundan «xursand bölmasligi kerak».

Manbaga köra, Tehron köp sonli raketalarni uçiriş örniga muhim harbiy va xavfsizlik nişonlariga nisbatan yuqori aniqlikdagi raketalardan foydalanişga qaror qilgan.

«Eron bunday raketani uçirganida Amerikaning THAAD va Patriot, Isroilning Arrow 3, Arrow 2, «Dovud palahmoni» va «Temir gumbaz» tizimlarini osonlik bilan yengib ötgani, oldindan belgilangan nişonga tekkani aniqlandi», dedi manba.

Isroilning 13 iyunda boşlagan harbiy amaliyotiga javoban Eronning ilk hujumlarida Tehron yuzdan ortiq raketa uçirdi, biroq hozir Isroil tomoni bir vaqtning özida öndan kamroği otilganini xabar qilmoqda. Masalan, 21 iyunga ötar keçasi bir hujumda beşta raketa qöllangan, biroq Ynet yozganidek, ular ballistik edi.

Bir kun avval Isroil Milliy kiberboşqarmasi boş direktori sobiq örinbosari Rafael Franko sönggi kunlarda Eron Isroilga berilgan zarbalar oqibatlari haqida ma’lumot yiğiş va ularning aniqligini oşiriş uçun şaxsiy kuzatuv kameralariga ulanişni boşlaganini aytdi.

Isroil, öz navbatida, Erondagi raketalarni saqlaş va uçiriş joylariga samolyotlar bilan hujum qilmoqda. Yana bir nişon yadroviy inşootlar bölyapti.