B-2 bombardimonçi samolyotlarining ikki guruhi Missuri ştatidagi aviabazadan turli yönalişlarga jönatildi, deb yozadi The New York Times Pentagondagi manbalarga tayanib.
Guruhlardan biri transponderlar yoqilgan holda ğarbga Guam tomon uçib ketdi, şunda ularni tijorat sun’iy yöldoşlari orqali kuzatiş mumkin edi.
Yetti bombardimonçi samolyotdan iborat ikkinçi guruh GBU-57 bunkerga qarşi bombalar bilan töliq yuklangan va aniqlanmaslik uçun transponderlari öçirilgan holda Eron tomon şarqqa uçgan.
Harbiylar rejasiga köra, bu Eron tomonini Amerika zarbalarining vaqti va yönalişi haqida çalğitişi kerak edi.
NYT, şuningdek, AQŞ harbiylari va razvedka xodimlari Eron tomonidan qöllab-quvvatlangan guruhlar AQŞning Iroq va Suriyadagi bazalariga hujum qilişga tayyorlanayotgani alomatlarini qayd etganini yozadi.
Naşrning ta’kidlaşiça, hozirça AQŞ harbiylariga qarşi heç qanday çora körilmagan va Iroq rasmiylari guruhlarni hujumlardan tiyilişga köndirişga urinmoqda.













