Isroil Eron bilan 12 kunlik mojaro davomida yetkazilgan zararni 10 milliard şekel (taxminan 3 milliard dollar) deb baholadi. Bu mablağ raketalardan zarar körgan binolarni tiklaş va mahalliy korxonalarga tovon tölaş uçun kerak böladi, deb xabar berdi Bloomberg 26 iyun, payşanba kuni Isroil moliya vazirligi va soliq idorasiga tayanib.

«Bu biz duç kelgan eng jiddiy muammodir. Isroil tarixida bunday vayronagarçilik heç qaçon bölmagan», — dedi tovon tölaş uçun mas’ul bölgan Soliq boşqarmasi rahbari Şay Aaronoviç.

Hisob-kitoblar işlatilgan qurol va havo mudofaa tizimlarini almaştiriş xarajatlarini öz içiga olmaydi, şuning uçun zararning yakuniy miqdori sezilarli darajada yuqori bölişi mumkin. Moliya vaziri Bezalel Smotriç uruşning umumiy xarajatlari 12 milliard dollarga yetişi mumkinligini tan oldi. Isroil Markaziy banki rahbari Amir Yaron Bloomberg TV telekanaliga bergan intervyusida ança örtaçaroq – taxminan 6 mlrd dollarlik raqamni keltirdi.

HAMAS harakati tomonidan sodir etilgan hujumdan keyin mintaqada 20 oydan beri davom etayotgan qurolli mojarolar fonida bosim ostida qolgan Isroil iqtisodiyoti yangi muammolarga duç kelişi mumkin. Ilgari Markaziy bank joriy yilda YaIM ösişini 3,5 foiz darajasida prognoz qilgan edi, biroq hozir bu prognozlar qayta körib çiqilmoqda.

Isroilning hisob-kitoblariga köra, Eron bilan uruş, asosan, otişmalar xususiyati tufayli, avvalgi mojarolarga qaraganda ança qimmatga tuşdi. Avvalgi zarbalarda qişloq hududlari va aholi kam bölgan tumanlar nişonga olgan bölsa, bu safar nişon Isroil markazidagi aholi ziç joylaşgan şaharlar, jumladan, mamlakat aholisining yarmiga yaqini istiqomat qiluvçi Tel-Aviv aglomeratsiyasi böldi.

Bundan taşqari, Eron raketalari ança kuçli edi. Köpida kamida 500 kg oğirlikdagi jangovar kallaklar bor edi va ularda parçalanib ketuvçi öq-dorilar bölgan. Isroil ma’lumotlariga köra, mojaro boşlanişidan oldin Eronda 2000-2500 ta şunday raketa bölgan va ularning yarmiga yaqini saqlanib qolgan. Isroilda vayron qilingan obektlar orasida mamlakatning eng yirik ilmiy markazlaridan biri Veytsman instituti, Hayfadagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodi va Isroil janubidagi şifoxona bor.