Fransiya mudofaa vaziri Sebasten Lekornyu Fransiya qurolli kuçlari Isroil tomon yöl olgan Eronning 10 ga yaqin uçuvçisiz uçoğini zararsizlantirganini aytdi.
Kuni keça Milliy majlisda çiqiş qilgan Lekornyu Fransiya Isroilning Eronga bergan zarbalarida iştirok etmaganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, Fransiya tahdid yuzaga kelganda mintaqadagi öz bazalarini himoya qiliş tamoyiliga asoslanib harakat qiladi.
Vazir, şuningdek, mintaqada joylaştirilgan havo hujumidan mudofaa tizimlari va Rafale qiruvçi samolyotlari Eronning bir neçta uçuvçisiz uçoqlarini tutib olganini aytdi. X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida bergan bayonotida u gap Isroil tomon yöl olgan dronlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritdi.












