Isroil armiyasining Ğazo sektorining turli hududlariga ertalabki havo hujumi natijasida 41 nafar falastinlik halok böldi.
Tibbiy manbalarga köra, Isroil askarlari Ğazo şahri şimolidagi Şayx Ridvan va An-Nasr hududlarida içki köçirilganlar istiqomat qilgan ikki uyga zarba bergan. Uşbu hujumlarda kamida 25 kişi halok bölgan.
Guvohlarning aytişiça, qurbonlarning aksariyati ayollar bölib, yaradorlarning köpçiligi uyqu vaqtida nişonga olingan. Önlab odamlar vayronalar ostida qolmoqda.
Isroil uçuvçisiz uçoqlarining Şayx Ridvan hududidagi yana bir zarbasi oqibatida 3 kişi halok böldi, yaradorlar esa Al-Şifa şifoxonasiga yetkazildi.
Ad-Deraj hududidagi Al-Safadiy oilasining uyiga uyuştirilgan hujumda ham 3 kişi halok böldi.
Xon-Yunusning Al-Mevasi hududida köçirilganlarning çodirlari öqqa tutildi. Bu hujumlarda homilador ayol va bolalar doxil 10 kişi halok böldi, yana köpçilik yaralandi.













