AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset Oq uyni Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib berişni töxtatiş qarori haqida xabardor qilmadi, deb xabar berdi Amerikaning CNN telekanali vaziyatdan xabardor beş manbaga tayanib. Bu prezident Donald Tramp ma’muriyatida «qizğin munozaraga sabab böldi», u harbiy yordamning töxtatilişi sabablarini tuşunişga, şuningdek, AQŞ Kongressi va Ukraina hukumatiga nima bölganini tuşuntirişga harakat qildi, deb ta’kidladi telekanal.
Şu kuni öz ma’muriyati yiğilişida Tramp Kiyevga körsatilayotgan yordamning töxtatilişi uçun javobgar emasligini ma’lum qildi va buni ma’qulladimi, degan savolga u salbiy javob berdi. Oq uy rahbari AQŞ Ukrainaga mudofaa qurollarini berişda davom etişini aytdi, deb eslatadi CNN. Ta’minotni töxtatişga kim qaror qilgani haqida yana bir bor söralganda, Donald Tramp şunday javob berdi: «Bilmayman, balki siz menga aytarsiz?»
AQŞning Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog va davlat kotibi Marko Rubio Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib berişdagi pauza haqida xabardor etilmagan. Ular voqea haqida OAV xabarlaridan bilgan, dedi AQŞ ma’muriyatining yuqori martabali rasmiysi va yana ikki suhbatdoş.
Uşbu epizod Tramp ma’muriyatida siyosat qarorlar qabul qilişning xaotik tabiatini ta’kidlaydi, ayniqsa Pentagon rahbari Hegset böyiça, deya ta’kidlaydi Amerika telekanali. Uning suhbatdoşlari xabar berişiça, Hegset ikkinçi marta Kiyevga qurol yetkazib berişni töxtatişga qaror qilgan, milliy xavfsizlik sohasidagi rasmiy xodimlar bundan bexabar qolgan. Bu birinçi marta fevral oyida sodir bölgan va qaror tez orada bekor qilingan, dedi CNN'ga uç manba.












