Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL), Razvedka boşqarmasi, Milliy xavfsizlik agentligi va Janubiy qömondonlik hamkorligida ötkazilgan operatsiya davomida HAMAS harbiy-dengiz kuçlarining olti nafar qömondoni öldirildi.
«Yöq qilingan terrorçilar «Temir qiliçlar» uruşi vaqtida Isroil fuqarolari va xavfsizlik kuçlariga qarşi dengizda terrorçilik aktlarini rejalaştirgan. Ularning bir qançasi 7 oktyabr qirğini rejalaştirişda iştirok etgan», — deyiladi TSAHAL xabarida.
Qayd etilişiça, hozirda Isroil Mudofaa armiyasi HAMASning harbiy-dengiz kuçlariga qarşi harbiy operatsiyalar ötkazmoqda. Isroil armiyasi harbiy kemalar, qurol-yaroğ omborlari va HAMAS aktivlariga boğliq boşqa «köp sonli terrorçilik nişonlari»ni bloklamoqda.
1 iyul kuni Isroil Mudofaa armiyasi Ğazo sektoridagi harbiy operatsiyasini kengaytirgani va önlab «terroçilar va yuzlab terrorçilik infratuzilmasi obektlari» yöq qilingani ma’lum bölgandi. Harbiy-havo kuçlari bir sutkada anklavdagi 140 ta harbiy nişonga hujum qilgan.












