Ğazodagi gumanitar vaziyat «oğir va öta oğir», Isroil armiyasi barça çegara ötiş joylarini 140 kundan ortiq vaqt davomida tösib qöydi, bu esa eksklav aholisini ommaviy ölim xavfi ostida qoldirdi.
Falastin hukumatining Ğazo sektoridagi matbuot xizmatiga köra, Isroil tizimli ravişda insonparvarlik yordami, oziq-ovqat, dori-darmon, bolalar ovqatlari va yonilğining Ğazoga kirişiga tösqinlik qilgan, bu esa asosiy hayot resurslarining tugaşiga olib kelgan.
2,4 million aholi, jumladan, 1,1 million bolalar «genotsid, ommaviy qotillik va keng qamrovli oçarçilikka» duçor bölayotgani alohida ta’kidlangan.
«Dunyo Ğazo oçarçilik va genotsid tufayli vayron bölayotgan paytda harakatsiz ötiribdi», — deyiladi bayonotda. Ğazo sektori hukumati mintaqa «zamonaviy tarixdagi eng yirik qirğinlardan biri» bilan yuzlaşganini ta’kidladi.
Ğazoliklar asosiy yaşaş vositalaridan allaqaçon mahrum bölgan. Non pişiriş uçun zarur bölgan un taqçilligi ayniqsa keskin — uning zaxiralari töliq tugadi va qora bozorda paydo böladigan unçalik katta bölmagan un qimmatga tuşadi va aholining köpçiligi uni sotib ololmaydi.
2025 yil 2 martdan beri Isroil Ğazoga barça çegara ötiş joylarini tösib qöygan. Oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berilmayapti. Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berişiça, turli yoşdagi köplab falastinliklar oçlik tufayli haddan taşqari çarçoq alomatlari bilan kasalxonaga murojaat qilgan.













