Amerikaning BAE Systems Land & Armamens LP kompaniyasi Bradley jangovar maşinalarini texnik körikdan ötkaziş va töliq jangovar holatga keltiriş böyiça 9 million dollarlik şartnoma oldi. AQŞ Mudofaa vazirligi saytida aytilişiça, mablağlar 2025-moliya yili uçun Ukraina xavfsizlik taşabbusi (USAI - Ukraine Security Assistance Initiative) budjetida zaxira qilinadi.

Şartnoma summasi katta emas, biroq bu Donald Trampning ikkinçi prezidentlik muddati davomida Ukrainaga körsatgan birinçi harbiy yordamdir.

USAI - bu Ukraina mudofaa qobiliyatini oşiriş uçun AQŞ tomonidan moliyalaştiriladigan dastur. 2022- va 2023-moliyaviy yillarda uşbu dastur uçun AQŞ budjetidan 18 milliard dollar ajratildi. 2024-yilgi harbiy paket 13,77 milliard dollar ajratişni nazarda tutgan.

Avvalroq CBS News diplomatik manbalarga tayanib, Tramp Ukrainani moliyalaştiriş imkoniyatini körib çiqayotgani va gap kamida bir neça milliard dollar haqida ketayotgan bölişi mumkinligi haqida xabar bergandi. Manbalar «yangi moliyalaştiriş sönggi kunlarda Ukrainaga dronlar va raketalar yordamida zarba bergan Rossiyaga signal» ekanini ta’kidladi.

11 iyul kuni Reuters agentligi Tramp birinçi marta AQŞ Kongressining roziligisiz öz farmoni bilan Ukrainaga qurol-yaroğ yuboriş uçun PDA (Presidential Drawdown Authority) huquqidan foydalanayotgani haqida xabar berdi. Ajratiladigan yordam paketi hajmi qariyb 300 million dollarni taşkil etadi. Unga Patriot majmualari uçun raketalar, HIMARS tizimlari uçun GMLRS snaryadlari va örta masofali raketalar kirişi mumkin.

14 iyul kuni Tramp Putindan hafsalasi pir bölganini, şuning uçun NATO bilan Kiyevga qurol yetkazib beriş böyiça kelişib olganini aytdi.