27 iyul kuni Isroil harbiylari Ğazo sektoriga qamalni yorib ötişga urinayotgan «Handala» yordam kemasini tortib, janubiy Isroildagi Ashdod portiga olib bordi. Bu haqda Isroil mahalliy OAVga tayanib Anadolu naşri xabar bermoqda.

«Handala» kemasi çaqaloqlar uçun oziq-ovqat, umumiy yegulik va dorilarni olib ketayotgan edi. U şanba keçasi Ğazo sohillari yaqinida Isroil kuçlari tomonidan qölga olingan.

Isroilning davlat teleradiokompaniyasi Kanʼning xabar berişiça, kemadagi faollar Ashdod portida söroq qilindi va keyinçalik Isroil politsiyasiga topşiriladi.

Bu kema «Ozodlik Flotiliyasi Koalitsiyasi» (Freedom Flotilla Coalition — FFC) tomonidan yölga çiqarilgan bölib, uzoq davom etayotgan Isroil qamalini yorib ötiş maqsadida Italiyadan yölga çiqqandi. Ğazodagi 2 milliondan köproq aholining oçarçilik yoqasida ekanini inobatga olib, bu flotiliya ramziy bölsa-da yordam yetkazişni rejalaştirgan.

«Handala» kemasining qölga olinişi. Foto: FFC

«Ğazo qamalini buziş böyiça xalqaro qömita»ning tasdiqlaşiça, Handala ekipaji xalqaro suvlarda Isroil kuçlari tomonidan «noqonuniy tarzda qölga olinib», Ashdod portiga olib ketilgan.

Qömita ma’lum qilişiça, hozirda Isroil hukumati tomonidan ruxsat kutayotgan Isroildagi "Adalah" huquqiy markazi qölga olingan ekipaj bilan uçraşişga tayyor turibdi.

«Handala» kemasi 13 iyul kuni Italiyaning Sirakuza portidan yölga çiqqan, biroq 15-20 iyul kunlari texnik muammolarni bartaraf etiş va tayyorgarlikni yakunlaş uçun Gallipoli portida bölgan.

Foto: CNN

20 iyul kuni kema Ğazo tomonga yöl olgan. U yerda Isroil blokadasi tufayli oçlikdan ölim holatlari qayd etilayotgani bildirilgan. Ma’lumotlarga köra, bortda 10 mamlakatdan 21 nafar faol bölgan.

Isroil Taşqi işlar vazirligi bergan ma’lumotga köra, xalqaro suv hududida töxtatilgan kema faollar bilan birga Isroil sohillariga tomon tortib borilmoqda.

«Erkinlik flotiliyasi» koalitsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda «Handala» bortida bölgan faollar tomonidan avvaldan yozib olingan murojaat videolarini e’lon qildi. Döstlari, oilalari va xalqaro jamoatçilikka murojaat qilgan faollar öz hukumatlariga bosim ötkazişni, ularning zudlik bilan ozod etilişini talab qilişni söradi.

Sönggi oylarda Isroil xalqaro suvda Ğazoga yöl olgan bir neçta yordam kemalarini töxtatdi.

Jumladan, iyun oyida «Madleen» kemasi ham qölga olingandi. Öşanda undagi 12 nafar xalqaro faol, jumladan, şved faoli Greta Tunberg va Yevropa parlamenti a’zosi, fransuz siyosatçisi Rima Hassan hibsga olingan va keyinçalik deport qilingan. Undan avval, may oyida «MV Conssience» kemasi esa Malta yaqinida dronlar orqali hujumga uçragan.

Isroil Ğazoga 18 yildan beri blokada örnatgan. 2024 yil 2 martdan esa barça çegara punktlarini butunlay yopib, insonparvarlik yordamini kiritişga tösqinlik qilib kelmoqda — xalqaro çaqiriqlarga qaramasdan bu pozitsiyasidan çekinmagan.

Foto: AFP

Joriy seşanba kuni BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi ogohlantiriş berib, Isroilning blokadasi sabab Ğazo aholisining uçdan bir qismi ketma-ket bir neça kun davomida ovqatsiz qolayotganini bildirgan edi.

Isroil xalqaro hamjamiyatning öt oçişni töxtatiş çaqiriqlarini rad etib, 2023 yil 7 oktyabrdan beri Ğazoga qarşi şafqatsiz harbiy yurişni davom ettirmoqda. Bu yuriş natijasida 59 700 dan ortiq falastinlik halok bölgan, ularning aksariyati ayollar va bolalardir. Uzoq davom etayotgan bombardimonlar natijasida hudud vayronaga aylangan, aholining oziq-ovqat ta’minoti izdan çiqqan.