«Bizning professional baholarimizga köra, Hamas endi Isroil uçun strategik xavf tuğdirmaydi», – deyiladi maktubda.
«Isroilliklarning aksariyat köpçiligining sizga bölgan işonçi boş vazir Netanyahu va uning hukumatini töğri yönalişga yönaltirişga yordam beradi: uruşni tugatiş, garovga olinganlarni qaytariş, azob-uqubatlarni töxtatiş», – deyiladi «Isroil xavfsizligi uçun qömondonlar» (CIS) taşkiloti murojaatida. Uni imzolaganlar orasida sobiq boş vazir Exud Barak, «Mossad»ning sobiq rahbari Tamir Pardo, aksilrazvedka xizmatining sobiq rahbari Şin-bet Ami Ayalon, sobiq mudofaa vaziri Moşe Yaalon bor.
Ğarb yetakçilari garovga olingan isroilliklar aks etgan video namoyiş etilişini qoralamoqda
Ğarb yetakçilari ötgan hafta Ğazoda garovda uşlab turilgan va holdan toygan isroilliklar aks etgan videolarni qoralab çiqdi. Hamas, agar Isroil ma’lum şartlarni bajarsa, garovga olinganlarga yordam körsatişga tayyorligini bildirgan.

Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi «tarğibot maqsadida namoyiş etilgan kadrlar nafrat uyğotişi» va garovga olinganlarni «heç qanday şartlarsiz» ozod qiliş kerakligini ta’kidlagan.
Germaniya kansleri Fridrix Mers uşbu kadrlardan «hayratda qolgani»ni aytib, garovga olinganlarning barçasini ozod qiliş Isroil va Hamas örtasidagi öt oçişni töxtatişning majburiy şarti ekanini qöşimça qildi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Hamasni «öta şafqatsizlik timsoli» deb atadi va Fransiya garovga olinganlarni ozod qiliş, öt oçişni töxtatişni tiklaş va Ğazoga insonparvarlik yordami yetkazilişini ta’minlaş ustida tinimsiz işlaşda davom etayotganini ta’kidladi.
Uning sözlariga köra, bu sa’y-harakatlar «Isroil va Falastin tinçlikda yonma-yon yaşaydigan» ikki davlat tuziş töğrisidagi qarorni közda tutuvçi siyosiy kelişuv bilan birga olib borilişi kerak. Fransiya yaqinda Kanada va Buyuk Britaniya bilan bir qatorda Falastin davlatini ma’lum şartlar asosida tan olişini e’lon qilgandi. Isroil bu qadamlarni keskin qoraladi.
Bu bayonotlar payşanba kuni Falastindagi «Islomiy jihod» guruhi ozib ketgan va yiğlayotgan Rom Braslavski aks etgan videoni, şanba kuni esa Hamas asirlikda ozib ketgan Eviatar David körsatilgan kadrlarni e’lon qilganidan keyin yangradi.
Videolardan birida Braslavski yiğlab, ovqat va suvi tugagani, öşa kuni atigi uçta «palafella» yeganini aytadi. U örnidan turolmasligi, yurolmasligi va «ölim yoqasida turgani»ni bildirgan.
Ikkinçi videoda David şunday deydi: «Men bir neça kun ovqat yemadim... Içimlik suvini zörğa topdim». U öziga qabr qaziyotganini aytadi.
Isroil Hamasni garovdagilarni oçlikdan öldirişda aybladi. Guruh garovga olinganlar öz jangçilari va oçlikdan aziyat çekayotgan Ğazo aholisi bilan bir xil ovqatlanişini aytib, ayblovni rad etmoqda.
21 yoşli Braslavskiy va 24 yoşli David 2023 yil 7 oktyabrda Hamas hujumi paytida Nova musiqa festivalida öğirlab ketilgan.
Isroil ma’lumotlariga köra, Hamas hujumi paytida qölga olingan 251 kişidan 49 nafari Ğazoda garovda qolmoqda. Ularning kamida 27 nafari allaqaçon vafot etgani taxmin qilinmoqda. Hamas haligaça gumanitar taşkilotlarni garovga olinganlar oldiga qöymaydi, yaqinlari esa ularning ahvoli haqida deyarli ma’lumotga ega emas.

Videolar e’lon qilinganidan söng Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu garovga olingan ikki kişining oila a’zolari bilan suhbatlaşib, «çuqur şok»ni boşdan keçirganini aytdi va barça garovga olinganlarni qaytariş böyiça sa’y-harakatlar «doimiy va tinimsiz davom etişi»ga işontirdi.
Yakşanba kuni Netanyahu Qizil Xoçning mintaqadagi bölimi rahbari bilan ham gaplaşib, undan garovga olinganlarni oziq-ovqat va tibbiy yordam bilan ta’minlaşda zudlik bilan iştirok etişni söradi.
Xalqaro Qizil Xoç qömitasi «garovga olinganlar saqlanayotgan hayot uçun xavfli şaroitlardan yaqqol dalolat beruvçi» videoyozuvlardan «hayratda qolgani»ni aytdi.
Qömita yana bir bor garovga olinganlarning ahvolini baholaş, ularga tibbiy yordam körsatiş va ularning oilalari bilan aloqani osonlaştiriş uçun ularning oldiga borişga ruxsat berişga çaqirdi.
Isroil Qizil Xoçni, xususan, Ğazoda garovga olinganlarga yordam bermagani uçun keskin tanqid qildi. Qömita bunga javoban mojaro hududlarida işlaş uçun uruşayotgan tomonlarning xayrixohligiga tayanişini tuşuntirdi.
Ötgan dam oliş kunlari Tel-Avivda namoyişçilar va garovga olinganlarning qarindoşlari yana töplanib, Isroil hukumatini garovga olinganlarni ozod qilişni ta’minlaşga çaqirdi.
David va Braslavski oilalari şanba kuni bölib ötgan mitingda «hamma bu dözaxdan iloji boriça tezroq çiqib ketişi kerakligi»ni aytişdi.
Braslavskilar oilasi «ular Romni sindirişgani»ni aytib, Isroil va AQŞ rahbarlaridan öğlini uyga qaytarişni söragan.
Davidning oilasi u «Ğazodagi Hamas tunnellarida ataylab va surbetlarça oç qoldirilayotgani - u tiriklayin kömilgan tirik skelet» ekanini aytişgan.

Ğazodagi oçarçilik
Hamasning «Al-Qassam brigadalari» qurolli qanoti Qizil Xoçning mahbuslarga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib beriş böyiça har qanday söroviga, agar Ğazoga muntazam va doimiy ravişda gumanitar yölaklar oçilsa va yordam yetkazib beriş vaqtida havo hujumlari töxtatilsa, «ijobiy munosabatda bölişi»ni bildirdi.
Bu vaqtda BMT agentliklari Ğazoda «hozirda oçarçilikning eng yomon ssenariysi rivojlanayotgani» haqida ogohlantirmoqda. Anklavdan har kuni töyib ovqatlanmaslik oqibatida vafot etganlar haqida xabarlar kelib tuşmoqda.
Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi yakşanba kuni uruş boşlanganidan beri töyib ovqatlanmaslik oqibatida 175 kişi, jumladan 93 nafar bola vafot etganini ma’lum qildi.
Dam oliş kunlari Isroil qöşinlari taqsimlaş punktlarida gumanitar yordam olişga urinayotgan falastinliklarni öqqa tutgani haqida navbatdagi xabarlar paydo böldi. Ğazodagi şifoxonalar ma’lumotlariga köra, kamida 27 falastinlik öldirilgan.

BMT, gumanitar taşkilotlar va Isroilning ba’zi ittifoqçilari oziq-ovqat inqirozida Isroilning gumanitar yordamni olib kiriş va yetkazib berişga qöygan çeklovlarini ayblamoqda. Isroil bu ayblovlarni rad etib, javobgarlikni Hamasga yuklamoqda.
Şunga qaramay, xalqaro miqyosda kötarilayotgan şov-şuvga javoban Isroil ötgan hafta aholiga yordam hajmini oşiriş, jumladan, ba’zi hududlarda kunning ma’lum qismida harbiy harakatlarni töxtatiş, yuklarni havodan tuşirişga ruxsat beriş va gumanitar yordam konvoylari uçun xavfsiz yönalişlarni e’lon qiliş çoralarini e’lon qildi.
Isroilning Ğazoga yordam yetkaziş bilan şuğullanuvçi COGAT harbiy agentligi ma’lumotlariga köra, sönggi haftada anklavga 1200 ta yuk maşinasida 23 ming tonnadan ortiq gumanitar yordam yetkazilgan, biroq BMT va boşqa xalqaro taşkilotlarning yordam tarqatiş markazlariga yuzlab maşinalar hali yetib kelmagan.
Ğazodagi hukumat matbuot xizmati yakşanba kuni Isroil iyul oyi oxirida çeklovlarni yumşatganidan beri sektorga gumanitar yordam bilan 1600 ga yaqin yuk maşinasi kelganini ma’lum qildi. Biroq, guvohlar va Hamasdagi manbalar ta’kidlaşiça, uşbu yuk maşinalarining aksariyati umidsiz qoçqinlar va qurolli tödalar tomonidan talon-toroj qilingan, deyiladi Reuters xabarida.
«Hamas endi xavf tuğdirmaydi»
600 ga yaqin iste’fodagi isroillik amaldorlar guruhi, jumladan, maxsus xizmatlarning sobiq rahbarlari AQŞ prezidenti Donald Trampga maktub yöllab, Isroilni Ğazo sektoridagi uruşni zudlik bilan töxtatiş uçun bosim ötkazişga çaqirdi.
«Bizning professional fikrimizça, Hamas endi Isroil uçun strategik xavf tuğdirmaydi, – deyiladi maktubda. – Isroilliklarning mutlaq köpçiligi orasidagi obro‘-e’tiboringiz boş vazir Netanyahu va uning hukumatini uruşni töxtatiş, garovga olinganlarni qaytariş, azob-uqubatlarga çek qöyiş kabi töğri yönalişga yönaltiriş imkoniyatingizni kuçaytiradi».
Maktubni «Mossad»ning sobiq rahbari Tamir Pardo, «Şin-Bet»ning sobiq rahbari Ami Ayalon, sobiq boş vazir Exud Barak, sobiq mudofaa vaziri Moşe Yaalon va boşqalar imzolagan.
«Avvaliga bu uruş adolatli, mudofaa uruşi edi, ammo biz barça harbiy maqsadlarga erişganimizda, u adolatli uruş bölişni töxtatdi», – dedi Ayalon.
Sobiq yuqori martabali rahbarlar ilgari bir neça bor hukumatni garovga olinganlarni qaytarişga e’tibor qaratişga çaqirgan «Isroil xavfsizlik qömondonlari» (CIS) guruhini boşqaradi.
«Ğazodagi uruşni töxtating! Isroil mudofaa kuçlarining sobiq generallari va ularga tenglaştirilgan „Mossad“, „Şin-Bet“, politsiya va diplomatik korpus xodimlarining eng yirik taşkiloti bölgan CIS nomidan Ğazodagi uruşga çek qöyişga çaqiramiz. Siz buni Livanda qildingiz. Buni Ğazoda amalga oşiriş vaqti keldi», – deya Donald Trampga murojaat qilgan maktub mualliflari.
Şu bilan birga, Isroil matbuotida Netanyahu Hamas bilan öt oçişni töxtatiş böyiça töğridan töğri bölmagan muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolgani sababli Ğazoda harbiy amaliyotlarni kengaytirişni talab qilayotgani haqida xabarlar paydo böldi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng iqtibos keltirilgan Isroil rasmiysining sözlariga köra, Netanyahu «Hamasni harbiy mağlubiyatga uçratiş» orqali garovga olinganlarni ozod qiliş ustida işlamoqda.













