Rossiya bilan tinçlik kelişuvini tuziş uçun Ukraina beşta asosiy talabni ilgari surmoqda, deb yozadi Politico. Gazeta AQŞ va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin uçraşuvi oldidan bu talablarni e’lon qildi:
Hududiy yon berişlardan oldin öt oçişni qat’iy töxtatiş;
Rossiya Ukrainaga yetkazgan zararni tölaşi şart. Zarar 500 mlrd–1 trln dollar deb baholanmoqda;
Ukraina Yevroittifoq va NATOga kirişni kelgusidagi hujumlarning oldini oliş deb hisoblaydi. Kiyev şunindek, Moskvaning qurolli kuçlar sonini kamaytiriş va Ukrainaga qurol yetkazilişini töxtatiş talablarini rad etadi;
Ukrain harbiy asirlari va bolalarni qaytariş;
Ukraina Rossiyaga qarşi sanksiyalar saqlanib qolişini talab qiladi.
15 avgust kuni Donald Tramp va Vladimir Putin Alyaskada muzokara ötkazadi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu uçraşuv Moskva va Vaşington uçun muhimligini, Ukraina borasida ular qaror qabul qila olmasliklarini aytdi.











