Brabus tyuning-atelesi olti ğildirakli XLP 800 6x6 Adventure pikapini namoyiş etdi. U Mercedes-AMG G 63 asosida yaratilgan bölib, oğir yöl şaroitlariga möljallangan.

Pikapning uzunligi 6,23 metrga teng. Kuzovi esa pölat va ugletola aralaşmasidan işlangan. XLP 800 6x6 Adventure quvvati 800 ot kuçiga teng 4 litrli V8 motori bilan jihozlangan.

Yangi avtomobil 5,8 soniya içida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 210 kilometrni taşkil etadi.

Avtomobil içi qora çarm bilan qoplangan bölib, Germaniyada Brabus XLP 800 6x6 Adventure narxi 1 mln 161 ming yevrodan boşlanadi.