AQŞ yetakçisi Donald Tramp bilan uçraşiş uçun Vaşingtonga borgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy öz mamlakati harbiy harakatlarni yakunlaş va uzoq muddatli tinçlikka erişişga intilayotganini aytdi. Şu bilan birga, u hammasi xuddi avvalgidek bölmasligi kerakligini ta’kidladi.
«Bu uruşni tezroq va işonçliroq tugatişni hammamiz birdek istaymiz. Tinçlik esa uzoq davom etişi kerak. Bir neça yillar avval Ukrainani Qrim va Donbassning bir qismini berişga majbur qilişdi. Putin esa bundan şunçaki yangi hujum uçun platsdarm sifatida foydalandi. Endi bunday bölmasligi kerak. Yoki 1994 yilda Ukrainaga göyoki «xavfsizlik kafolatlari» berilgan, ammo buning foydasi bölmadi. Albatta, 2022 yildan keyin ukrainaliklar Kiyev, Odessa, Xarkovni bermagani kabi Qrimni ham bermaslik kerak edi. Ukrainaliklar öz yeri, öz mustaqilligi uçun kuraşmoqda. Hozir jangçilarimizning Donetsk va Sumi viloyatlarida muvaffaqiyatlari bor. Işonçim komilki, biz Ukrainani himoya qilamiz, xavfsizlikni amalda kafolatlaymiz va xalqimiz prezident Trampdan, Amerikadagi barçadan, har bir hamkordan qöllab-quvvatlaşi va bebaho yordami uçun doimo minnatdor böladi. Rossiya özi boşlagan bu uruşni tugatişi kerak. Va umid qilamanki, Amerika bilan, yevropalik döstlarimiz bilan umumiy kuçimiz Rossiyani haqiqiy tinçlikka majburlaydi», deb yozdi Zelenskiy.
Tramp Zelenskiyning taşrifidan oldin, «agar xohlasa, u Rossiya bilan uruşni deyarli darhol tugatişi» mumkinligini aytdi. Buning uçun Qrimdan va NATO a’zosi böliş fikridan voz keçişi kerak.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio avvalroq NBC News telekanaliga bergan intervyusida boşlovçining Qrim va Ukraina boy bergan boşqa hududlar haqidagi savoliga javoban Kiyevni ularni berişga «heç kim majburlamayotganini» aytdi, biroq tinçlik kelişuvi amalga oşmasligi mumkinligini tan oldi.
18 avgust kuni Oq uyda Donald Tramp, Vladimir Zelenskiy va bir qator Yevropa yetakçilari iştirokida uçraşuv rejalaştirilgan. OAV ma’lumotlariga köra, Kiyev va Yevropa AQŞ va Rossiya yetakçilari Alyaskadagi uç soatlik suhbat çoğida nimaga kelişib olganini hali ham töliq tuşunmayapti. Şuning uçun Tramp ularga şaxsan izoh berişi kutilmoqda.












