Yamandagi «Ansorulloh» (husiylar) harakati Saudiya Arabistoni obyektlariga qarşi törtta harbiy amaliyot ötkazganini maʼlum qildi. Nişonlar qatorida Ar-Riyozdagi xalqaro aeroport, «Saudi Aramco» neft kompaniyasi obyektlari hamda Saudiya poytaxtining moliya markazi bölgan. Bu haqda harakatning harbiy vakili Yahyo Sariya maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, hujumlar davomida ballistik raketalar va dronlardan foydalanilgan. Birinçi amaliyot Ar-Riyozdagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport hamda «Şarq - Ğarb» neft quvurining bir neçta nasos stansiyasiga qaratilgan. Sariyaning taʼkidlaşiça, zarbalar oqibatida obyektlarda yonğinlar kelib çiqib, ularga zarar yetgan.
Ikkinçi nişon mamlakat şarqidagi Abqayq şahrida joylaşgan «Saudi Aramco» obyekti böldi. Husiylar vakilining aytişiça, uçinçi amaliyot Yaman janubi-ğarbidagi Al-Mudariba va Ras al-Ara tumanlarida töplangan Saudiya harbiylariga qarşi qaratilgan. Törtinçi nişon esa Ar-Riyozdagi moliya markazi böldi. Sariya harbiy marralarga berilgan zarba oqibatida köplab harbiy xizmatçilar halok bölgani va yaralangani haqida bayonot berdi.
Şuningdek, harakat vakili xorijiy kompaniyalar va investorlarni öz kapitallarini Saudiya Arabistonidan olib çiqib ketişga hamda sarmoyalarini boşqa mamlakatlarga yönaltirişga çaqirdi. U Yamanga qarşi harbiy harakatlar töxtatilmagunça va qamal bekor qilinmagunça hujumlar davom etişi bilan tahdid qildi.
Saudiya Arabistoni husiylar bayonotini hozirça izohlamadi.













