Tadbirda yigirmadan ortiq davlat rahbarlari va vakillari, jumladan, Rossiya, Belarus, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Möğuliston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Vetnam, Misr va boşqa davlatlar yetakçilari iştirok etdi.

XXR raisi Si Jinping öz nutqida bugungi şaroitda tarixiy xotirani asrab-avaylaş, tinçlikni saqlaş va adolatni ta’minlaş muhimligini ta’kidladi.

Paradda Xitoy xalq ozodlik armiyasining 45 ta bölinmasi iştirok etdi. Xitoy mudofaa sanoati tomonidan işlab çiqarilgan raketa tizimlari, tanklar, aviatsiya texnikasi va uçuvçisiz uçiş apparatlarining eng sönggi namunalari namoyiş etildi.

Bunday paradlar 1949 yildan buyon Pekinda ötkazib kelinadi, qurolli kuçlarning sönggi katta körigi esa 2019 yil 1 oktyabrda bölib ötgan va unda 15 mingga yaqin iştirokçi qatnaşgan.

Özbekiston prezidentining Pekin şahridagi tantanali tadbirlarda iştiroki mamlakatning xalqlar örtasidagi döstlik va özaro anglaşuvni mustahkamlaş, tinçlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik yölida mintaqaviy va global darajada konstruktiv muloqotni rivojlantirişga qaratilgan izçil taşqi siyosatining navbatdagi tasdiği böldi.