AQŞ prezidenti Donald Trampning «yakuniy ogohlantirişi» ortidan Falastinning HAMAS harakati Ğazo sektoridagi uruşni töxtatiş va «barça mahbuslarni» ozod qiliş uçun zudlik bilan muzokaralar stoliga ötirişga tayyorligini ma’lum qildi. 7 sentabr, yakşanba oqşomida tarqatilgan bayonotda HAMAS avvalroq vositaçilar orqali «Amerika tomondan öt oçişni töxtatişga erişişga qaratilgan ba’zi ğoyalar» olganini bildirdi.
2023 yil 7 oktyabrda asirga olingan isroilliklarni ozod qiliş evaziga harakat Isroildan «uruşni töxtatiş, Ğazo sektoridan qöşinlarni töliq olib çiqiş va Ğazo sektorini boşqariş uçun mustaqil falastinliklardan iborat qömita tuziş haqida aniq bayonot berişni» talab qilmoqda.
Şu kuni ertalab Oq uy rahbari özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Isroil özi taklif qilgan kelişuv şartlarini qabul qilgani va HAMAS ham ularga könişi kerakligini yozgan edi. «Men HAMASni rad etiş oqibatlari haqida ogohlantirdim. Bu mening oxirgi ogohlantirişim, boşqasi bölmaydi», — deya ta’kidladi Tramp.













