Donald Tramp Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasida sözga çiqib, Ğazo sektoridagi uruşni zudlik bilan töxtatişga va HAMAS tomonidan garovga olingan barça odamlarni ozod qilişga çaqirdi.
«Afsuski, HAMAS tinçlik haqidagi oqilona takliflarni bir neça bor rad etdi. Endi BMT ba’zi a’zolari mojaroning davom etişini rağbatlantirgandek, Falastin davlatini bir tomonlama tan olişga intilmoqda. Bu HAMAS terrorçilarining vahşiyliklari uçun juda katta mukofot. Bu öşa dahşatli yovuzliklar, jumladan, 7 oktyabr voqealari uçun mukofot bölardi», dedi Oq uy rahbari.
Trampning fikriga köra, HAMASni qöllab-quvvatlaş örniga, jahon hamjamiyati "bitta çaqiriq bilan birlaşişi" kerak.
«Garovdagilarni hoziroq ozod qiling, şunçaki garovdagilarni ozod qiling. Ğazodagi uruşni zudlik bilan töxtatişimiz kerak. Biz zudlik bilan muzokaralarni boşlaşimiz kerak. Biz sulh tuziş haqida kelişib olişimiz kerak», dedi u.
BMT Boş Assambleyasi arafasida bir qator davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Avstraliya va Portugaliya Falastin davlatçiligini tan olganini e’lon qildi. Umuman olganda, BMTga a’zo 193 davlatdan 145 dan ortiği Falastinni tan olgan.












