Agar Rossiya uruşni töxtatmasa, Kreml rasmiylari eng yaqin bomba boşpanasi qayerda ekanligini bilişiga işonç hosil qilişi kerak, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 25 sentabr, payşanba kuni Axios naşriga bergan intervyusida. U AQŞ prezidenti Donald Trampdan yöq qilinişi Vladimir Putinni muzokaraga undaşi mumkin bölgan nişonlarga zarba bera oladigan maxsus raketalarni söraganini aytdi. «Agar ular uruşni töxtatmasa, baribir ularga bomba boşpanasi kerak böladi», dedi Zelenskiy Kreml va Rossiyaning boşqa kuç markazlariga zarba berilişi ehtimolini izohlar ekan. Biroq Ukraina rossiyalik tinç aholiga hujum qilmaydi, çunki «biz terrorçi emasmiz», deya qöşimça qildi Ukraina prezidenti.

U, şuningdek, Tramp Ukrainaning Rossiya energetika infratuzilmasi va qurol zavodlariga zarba beriş ehtimolini qöllab-quvvatlaganini aytdi: «Agar ular bizning energetika inşootlarimizga hujum qilsa, biz ularning energetika obektlariga (zarbalar bilan) javob berişimiz uçun prezident Tramp buni qöllab-quvvatlaydi». Agar Ukrainaga hujum qilinsa, u «har kuni javob beradi», deya qöşimça qildi Zelenskiy.

Uning sözlariga köra, Ukraina allaqaçon Rossiya hududidagi nişonlarga zarba bera oladigan dronlarga ega. Biroq Ukraina prezidenti nomini aytişdan boş tortgan yangi Amerika majmuasi Putinga «qöşimça bosim» ötkazadi. «Biz buning ustida işlaymiz», — deya Trampning sözlarini keltirgan Zelenskiy.