AQŞ prezidenti Donald Tramp 14 oktyabr, seşanba kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Ukrainada davom etayotgan uruş tufayli hafsalasi pir bölganini yana bir bor ta’kidladi va mamlakatda «benzin uçun katta navbatlar» yuzaga kelganini ma’lum qildi. Matbuot anjumani aks etgan videoyozuv prezident ma’muriyatining YouTubeʼdagi kanalida e’lon qilindi.

«Men hafsalam pir böldi, çunki Vladimir bilan munosabatlarimiz juda yaxşi edi va hozir ham şunday bölsa kerak. U bu uruşni hal qilişi kerak. Bilasizmi, hozir Rossiyada odamlar benzin uçun uzun navbatlarda turibdi. Va tösatdan uning iqtisodiyoti qulaşi mumkin», — dedi Tramp.

AQŞ prezidenti rossiyalik hamkasbi unga «juda salbiy ta’sir körsatgan» uruşni nima uçun davom ettirayotganini «bilmasligini» ta’kidladi: «U tört yillik uruşni bir hafta içida yakunlaşi kerak edi. U 1,5 million askarini yöqotdi». Trampning fikriça, mojaroning davom etişi Putinni «juda yomon körinişda» körsatyapti. «U buni tugatişi mumkin edi. U buni tezda tugatişi mumkin edi», deb qöşimça qildi Amerika rahbari.

AQŞ prezidenti 17 oktyabr kuni Vaşingtonga keladigan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan bölajak uçraşuvini ham eslatib ötdi. «Juma kuni prezident keladi. Va men u nima deyişini bilaman. U qurolga ega bölişni xohlaydi. U Tomahawk'ga ega bölişni xohlaydi. Bizda Tomahawk köp. Sizga Argentinada Tomahawk'lar kerak emasmi?» - deya Tramp matbuot anjumanida iştirok etgan Argentina prezidenti Xaver Mileyga yuzlanib, hazil qildi.