Yevropa Ittifoqi va AQŞ tomonidan terrorçi taşkilot deb topilgan HAMAS harakati 17 oktyabr, juma kuni keçqurun yana bir halok bölgan garovga olingan kişining jasadini Isroilga topşirdi. Bu haqda Isroil armiyasi (TSAHAL) ma’lumotlariga tayanib, AFP axborot agentligi xabar berdi.

Tobut, avvalgidek, Xalqaro Qizil Xoç Qömitasi (XQXQ) vakillari orqali topşirildi. Ular, öz navbatida, jasad qoldiqlarini hozirda Ğazo sektorida qolayotgan TSAHAL vakillariga yetkazgan.

Isroil armiyasi mintaqada jangovar harakatlarni töxtatgan öt oçişni töxtatiş kelişuviga köra, HAMAS nafaqat omon qolgan 20 nafar garovga olinganni qaytarişi, balki halok bölgan 28 kişining jasadini ham topşirişi şart. Harakat a’zolari tirik isroilliklarni 13 oktyabrgaça qaytarişi kerak edi, bu talab bajarildi. 28 jasadni qaytariş uçun uç kun ajratilgan, biroq hozirgaça Isroil atigi 9 ta tobut olgan. HAMAS vakillari kelişuv şartlari «bajarilgani», qolgan jasadlarni olib çiqiş uçun «maxsus texnika» zarurligini da’vo qilmoqda.

Şu fonda Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Ğazo sektorida jangovar harakatlarni qayta boşlaş bilan tahdid qildi. «Agar HAMAS kelişuv şartlarini bajarişdan boş torsa, Isroil AQŞ bilan kelişilgan holda jangovar harakatlarni davom ettiradi», — deya Kats sözlarini keltiradi AFP.