Reuters 23 oktyabr, payşanba kuni savdo sohasidagi «köp manbalarga» tayanib xabar berişiça, AQŞ "Lukoyl" va "Rosneft"ga sanksiyalar kiritganidan keyin Xitoy davlat kompaniyalari Rossiya neftini sotib olişni töxtatdi.

Xususan, bu PetroChina, Sinopec, CNOOC va Zhenhua Oil kompaniyalariga tegişli. Xabarlarga köra, ular heç bölmaganda qisqa muddatda potensial sanksiyalar haqidagi xavotirlar tufayli dengiz orqali Rossiya bilan nefti bitimlaridan voz keçmoqda. Şu bilan birga, Sinopec bölinmasi- Unipec ötgan hafta Buyuk Britaniya "Lukoyl" va "Rosneft"ga qarşi sanksiyalar joriy qilganida Rossiya neftini sotib olişni töxtatdi.

Şu bilan birga, Reuters agentligining ma’lumotlariga köra, Rossiyadan har kuni dengiz orqali import qilinadigan taxminan 1,4 million barrel neftning katta qismi nodavlat neftni qayta işlaş zavodlari tomonidan sotib olinadi. Agentlik tomonidan söralgan tahlilçilar Xitoy davlat kompaniyalarining xaridlardagi uluşini kuniga 250 000 barreldan 500 000 barrelgaça baholaydi.

Treyderlarning sözlariga köra, AQŞ sanksiyalaridan oldin ham, ikkita eng yirik neft kompaniyasi öz neftining katta qismini Xitoyga töğridan töğri emas, balki vositaçilar orqali sotgan. Biroq, Xitoy davlat kompaniyalaridan örnak olib, xususiy kompaniyalar sanksiyalarning potensial ta’sirini baholaş uçun Rossiya neftini sotib olişni töxtatişi kutilmoqda. Ammo savdo keyinroq qayta boşlanişi mumkin.