Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu harbiylar bilan maslahatlaşuvlardan söng HAMAS tomonidan öt oçişni töxtatiş rejimi «bir neça bor buzilişiga javoban» Ğazo sektoriga yangi zarbalar berişni buyurdi.

«Xavfsizlik masalalari böyiça maslahatlaşuvlar yakunlangaç, boş vazir Netanyahu harbiy rahbariyatga zudlik bilan Ğazo sektoriga kuçli zarbalar berişni buyurdi», deyiladi xabarda.

Reuters xabariga köra, buyruq HAMAS göyoki öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuvni buzganidan keyin berilgan, masalan, garovga olinganning qaytarilgan jasadi boşqa odamniki bölib çiqqan. Buyruqda hujumlar darhol boşlanişi va «kuçli» bölişi kerakligi nazarda tutilgan.

Uşbu qadam bilan 2025 yil 10 oktyabrda örnatilgan öt oçişni töxtatiş rejimi kamida vaqtinça töxtatildi, deb hisoblamoqda naşr.

The Times of Israel naşrining yozişiça, sektor janubidagi Rafahda joylaşgan Isroil qöşinlari bir munça vaqt oldin jangarilar tomonidan öqqa tutilgan.

Netanyahuning buyruği e’lon qilinganidan söng, HAMAS jangovar qanoti garovga olingan isroillikning jasadini topşirişni keçiktirayotganini ma’lum qildi, deb yozdi Al Jazeera.

Isroilning «Kan» telekanali ma’lumotlariga köra, Isroil Ğazo sektorida TSAHAL nazorati ostidagi hududni «sariq çiziq»dan taşqariga kengaytirişga qaror qilgan va buni Vaşington bilan muvofiqlaştirmoqda.

10 oktabr kuni Isroil va HAMAS örtasida yaraş bitimi kuçga kirdi. 13 oktabr kuni AQŞ, Misr va Turkiya yetakçilari - Donald Tramp, Abdulfattoh as-Sisiy va Rajab Toyyib Erdöğan, şuningdek, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy Isroil va HAMAS örtasida vositaçi sifatida Ğazodagi uruşni töxtatiş töğrisidagi bitimni imzoladi.

Isroil armiyasi sulh tuzilganidan keyin Ğazo sektoriga hujumlar uyuştirdi. Masalan, 19 oktabr kuni TSAHAL mintaqaning barça hududlaridagi HAMAS obektlariga zarba berib, bu «öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuvning qöpol ravişda buzilişiga» javob bölganini aytdi.

Bundan oldin AQŞ tinçlik muzokaralaridagi boşqa vositaçilarni sulh buzilişi haqida ogohlantirgan edi.