Soğliqni saqlaş vazirligi xorijiy davlatlardan keltiriladigan “donor köz şox pardasi” bioprotezlarini tibbiyot taşkilotlarida qöllaş tartibini işlab çiqdi.
Asosiy jihatlar:
- maqsad: keratoplastika amaliyotlari sonini oşiriş va bemor xavfsizligini ta’minlaş;
- taşiş va saqlaş: maxsus sovitilgan, termoizolyatsiyali konteynerlarda, steril şaroitda, nomlari böyiça alohida saqlaş şart;
- yetkazib beriş vaqti: bioprotezlar 8 soat içida amaliyot ötkaziladigan klinikaga yetkazilişi lozim;
- mas’ul şaxs: har bir tibbiyot muassasasida taşiş/saqlaş uçun alohida tibbiyot xodimi mas’ul qilib tayinlanadi;
- qarşi körsatmalar: transplantat rad etiş xavfi yuqori immun holat, kompensatsiyalanmagan umumiy kasalliklar (masalan, qandli diabet), ruhiy kasalliklar, şox pardaning kuçli vaskulyarizatsiyasi, kompensatsiyalanmagan glaukoma, közning ötkir yalliğlanişlari mavjud bölsa, keratoplastika ötkazilmaydi.
Bemor öz xohişi bilan murojaat qiladi, şu kuni doktor tomonidan suhbat va yozma ogohlantiriş ötkaziladi. Suhbat bemorni ogohlantirgan holda majburiy videoyozuvga olinadi. Keratoskopiya, paximetriya, zaruratda biopsiya kabi töliq oftalmologik tekşiruvlar amalga oşiriladi.
Amaliyotdan keyingi davr: klinikada 1–5 kun kuzatuv (bemor holatiga qarab şifokor xulosasi bilan 14 kungaça özgartirilişi mumkin). Bemor hududiy tibbiyot muassasasiga dispanser nazoratga ötkaziladi. 1 yil davomida har 1,5–2 oyda, keyin har 3–4 oyda oftalmolog körigidan ötib boradi.











