Isroil manbalariga köra, Tel-Aviv Suriya bilan çegarani bir qança yangi bufer zonalarga ajratiş taşabbusini ilgari surgan. Uruşni örganiş instituti bu sxemani mamlakat xaritasida aniq tasvirlab bergan edi. Kun.uz’ning «Geosiyosat» dasturida Yaqin Şarq masalalari böyiça ekspert, professor Farhod Karimov uşbu demilitarizatsiya taklifining mohiyati, strategik maqsadlari va uning mintaqaviy oqibatlarini xaritalar uzra tahlil qildi.
Isroil tomonidan Suriya xaritasida körsatilgan ranglar nimani anglatadi?
Farhod Karimov: Isroilning xavfsizlik konsepsiyasi va doktrinasi şundan iboratki, unga qarşi bölişi mumkin bölgan har qanday omillar va kuçlarni Isroil faqat öz hududida emas, balki uning taşqarisidagi hududlarda ham yöq qiliş huquqiga ega, deb qabul qilingan. Dunyo buni rasmiy ravişda tan olmasligi mumkin, lekin Isroil bu prinsipni öz siyosatiga asos qilgan va uni amalga oşirişda faqat AQŞ çeklovçi rol öynaşi mumkin, boşqa davlatlarda bunday bosim darajasi yöq. Bu doktrinaga binoan, Isroil şimoldan kelişi mumkin bölgan tahdidlarni (masalan, Livandagi Hizbullohni) Livan hududida ham, Suriya hududida ham yöq qiliş yoki qurolsizlantiriş huquqini özida köradi. Asad davrida Isroil vaqti-vaqti bilan raketa va havo hujumlari orqali Hizbulloh hamda Eron va Suriyadagi iştirokçilarni nişonga olgan; hatto Damaşqdagi ayrim diplomatik korpuslarga ham raketa zarbasi yöllagan holatlar ham kuzatilgan. 1967 yilda bosib olingan hududlar va söngra 1974 yilga oid voqealar ham muhim rol öynaydi. 1974 yilgi bitim (31 maydagi şartnoma) natijasida AQŞ va BMT taşabbusi bilan Isroil ba’zi hududlarni böşatib, ularning ba’zilari BMT maxsus kuçlari tomonidan neytral (bufer) zona sifatida nazorat ostiga olinişi qayd etilgan. Bu holat 2011 yilga yaqin va hattoki Asad hokimiyati ağdarilgunça saqlanib turgan. Hozirgi taklif va konsepsiya Suriyadagi yangi hukumat şakllangunça Isroil öz xavfsizligini mustahkamlaş uçun Suriyaning janubida tört qismdan iborat neytral, qulay hudud yaratişni taklif qilmoqda. Uşbu taklifning asosiy elementlari:
- 1967 yil hududlari öz holiça qoladi (Isroil ularni topşirişni maqsad qilmaydi).
- Kök rangli hududda xalqaro kuçlar (masalan, BMT nazorat kuçlari) joylaştiriladi, bu hudud 1974 yilgi holatga işora qiladi.
- Sariq rangda körsatilgan hudud Damaşqqa yaqinroq, ba’zi joylarda hattoki Damaşqqa borib taqalişi mumkin bölgan demilitarizatsiyalangan, ya’ni oğir artilleriya va muntazam armiya joylaştirilişini taqiqlovçi reja nazarda tutiladi.
- Qöşimça himoya sifatida Suvayda provinsiyasidan tortib Iordaniya çegarasigaça bölgan hududni havo uçun yopiq (no-fly) zonasi sifatida e’lon qiliş taklif etilmoqda, bu hududga havo kemalari va harbiy uçuvçilar kiritilmasligi közlangan.
- Xaritada kök va sariq ranglar bilan belgilangan hududlarning aniq çegaralari Isroil konsepsiyasida oçiq qolmoqda, Isroil kök hududni (1974 yilgi holat) kengaytirişi yoki sariq hududni Damaşqqaça çözişi mumkinligi inkor etilmayapti. Şunday qilib, reja ham amaliy, ham ğoyaviy jihatdan Isroilga maksimal xavfsizlik kafolatini yaratişga qaratilgan.
Nega Isroil Suriyani bunday qismlarga ajratyapti?
Farhod Karimov: Isroil talqiniga köra, hozirda Hizbulloh faoliyati qayta jonlanib, özining oğir artilleriyasi va raketa tizimlarini yangilamoqda. Tel-Aviv fikriça, bu faoliyat ortida Eronning faollaşuvi sezilayotgandek. Isroil uçun asosiy xavf manbai sifatida Eron tomonidan qurol-logistika va uning ehtiyot qismlarining Suriyaning şimoli va Livan orqali yetkazib berilişi körsatilmoqda. Şu bilan birga, uşbu ma’lumotlarning barçasi uçun aniq va mustahkam dalillar borligi ommaviy tarzda tasdiqlanmagan. Isroil bu turdagi xavotir va loyihalarni hatto Asad hokimiyati davrida ham ilgari surganini unutmaslik kerak. Misol uçun, tarixiy kontekstda Jölan tepaliklari va atrofida yuz bergan özgarişlarga murojaat qilinsa, 1974 yildan söng, AQŞ bosimi ostida Al-Qunaytira şahri va atrofidagi ba’zi hududlar Suriya nazoratiga qaytarilgan, ammo Isroil Qunaytira viloyatining töliq topşirilmasligini talab qilgan. 1971 yilda taklif qilingan ayrim rejalar esa Janubiy Suriyani demilitarizatsiyalaş va butunlay harbiylaştirilmagan hududga aylantirişni nazarda tutgan, biroq BMT, AQŞ va xalqaro hamjamiyat töliq qöllab-quvvatlamagani uçun bu reja amalga oşmagan. Hozirgi kunda, Isroil nazarida Suriyada markazlaşgan kuç yöqligi va Suvayda provinsiyasida Aş-Şar’aga qarşi druzlar bilan bölgan ziddiyatlar mavjudligi tufayli, ular bu eski loyihani qayta tiklaş uçun asos borligini aytmoqda. Isroil bu vaziyatni druzlarni himoya qiliş, kiçik millatlarni markaziy hokimiyatdan ajratmaslik kabi sabablar bilan tuşuntirişga intilmoqda va butun Janubiy Suriyani nazoratsiz «bufer zona»ga aylantirişni maqsad qilayotgani iddao qilinmoqda.
Suhbatni batafsil YouTube platformasida tomoşa qilişingiz mumkin.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.











