Toşkent şahridagi köp kvartirali uylarda örnatilgan 9147 ta liftda jami 37103 ta kamçilik aniqlandi. Bu haqda sanoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça Toşkent şahrida amalga oşirilayotgan nazorat-profilaktika tadbirlariga bağişlangan matbuot anjumanida aytildi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi boşliği Olimjon Jörayev ma’lum qilganidek, Toşkent şahar hududiy boşqarmasi yil boşidan buyon 121 ta nazorat tadbiri, 10381 ta profilaktika tadbiri hamda 2 755 ta korxona xodimlarining bilim sinovlarini ötkazdi. Unda 1145 ta qonun talablari buzilişi aniqlandi. Mazkur holatlarga yöl qöygan 135 nafar şaxsga ma’muriy jazo çoralari qöllandi.
Olimjon Jörayev sözlariga köra, 8 sentabr kuni Toşkent şahri Çilonzor tumanida “Dömbirobod City” turar joy quriliş obektida kran qulab tuşişi oqibatida bitta ölim qayd etilgan va 2 ta oğir jarohatlaniş röy bergan. Kelgusida şunga öxşagan holatlarning oldini oliş maqsadida boşqarma tegişli çoralarni körgan.
Şu bilan birga, Toşkent şahridagi barça 17 ta madaniyat va istirohat boğlari hamda köngiloçar maskanlarda örnatilgan attraksionlarning 45 tasida texnik pasporti mavjud emasligi, 23 tasida attraksionlarga soz holatda xizmat körsatiş va xavfsiz foydalaniş uçun mas’ul şaxs tayinlanmagani hamda 39 ta attraksion mavsum oldidan beriladigan ruxsatnomalarsiz noqonuniy faoliyat olib borayotgani qayd etilgan va ularning faoliyati töxtatilgan.
Tegişli topşiriqlarga asosan respublikadagi barça liftlar, jumladan, Toşkent şaridagi köp kvartirali uylarda örnatilgan 9147 ta lift uskunalari tekşirilgan. Örganişlar natijasida aniqlangan kamçiliklar “Xavfsiz lift” platformasiga Toşkent şahar tuman hokimliklari tomonidan kiritildi. Toşkent şahridagi köp kvartirali uylarda örnatilgan 9 147 ta liftda jami 37 103 ta kamçilik aniqlangan.
– Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlari bilan qabul qilingan reglamentga muvofiq, liftlarning texnik holatini jamoatçilikka xabardor qiliş maqsadida lift kabinasiga yaşil (yaroqli), moviy (qisman nosoz), sariq (nosoz) va qizil (foydalaniş uçun xavfli) stikerlar yopiştiriladi. Mazkur texnik reglamentlarni 2026 yil 1 iyuldan kuçga kirişi inobatga olib, barça nosoz liftlardan foydalaniş taqiqlanadi. Poytaxtimiz fuqarolarini avariya va baxtsiz hodisalardan himoya qiliş va ularning huquqiy savodxonligini oşiriş maqsadida 6844 ta texnik sinovdan ötmagan liftga “Lift texnik körikdan ötkazilmagan” yozuvli yorliqlar yopiştirildi, dedi Jörayev.












