Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirining buyruği bilan Köp kvartirali uylarni saqlaş va ulardan foydalaniş qoidalariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Hujjat 2026-yil 14-avgustda Adliya vazirligida 3824-1-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan.

Yangi talablarga köra, köp kvartirali uyni boşqariş organi liftlarning butun foydalaniş muddati davomida avariyasiz va xavfsiz işlaşini ta’minlaşi kerak. Texnik xizmat körsatiş va ta’mirlaş uçun lift töxtatib qöyilgan vaqt bundan mustasno.

Şuningdek, boşqariş organi liftlar faoliyati ustidan dispetçerlik nazoratini yölga qöyişi şart. Liftdagi avariya-qutqaruv qurilmasi, kuzatuv kamerasi, aloqani kuçaytiriş qurilmasi va avariya holatlari haqida xabar beriş vositalari soz holatda saqlanişi lozim.

Lift kabinasi va maşina xonasidan operator bilan ikki tomonlama aloqa qiliş imkonini beruvçi çiroqli va tovuşli signalizatsiya hamda aloqa vositalari ham işçi holatda bölişi talab etiladi.

Bundan taşqari, liftga har oy texnik xizmat körsatilişi va yiliga bir marta davriy texnik körik ötkazilişi ta’minlanadi. Avariya, nosozlik yoki boşqa xavfli holatlar aniqlansa, liftga texnik xizmat körsatuvçi taşkilotga darhol xabar berilişi kerak.

Lift kabinasida undan foydalaniş qoidalari, liftning nomi va yuk kötariş qobiliyati, ruxsat etilgan yölovçilar soni körsatilgan lavha bölişi şart. Şuningdek, unda «Xavfsiz lift» elektron platformasidagi qayd raqami, davriy texnik körikdan ötgani haqida ma’lumot hamda texnik xizmat körsatuvçi taşkilot yoki avariya xizmati bilan boğlaniş uçun telefon raqami joylaştiriladi.

Yangi qoidalarni nazarda tutuvçi buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.