Rasmiy ma’lumotga köra, respublika böyiça 5 491 ta köp kvartirali uyda jami 13 798 ta lift uskuna bor: şundan 12 987 tasi — yölovçi, 811 tasi — yuk lifti.
Toşkent şahrida esa 3 245 ta köp kvartirali uyda 9 144 ta lift mavjud. Ularning 1 835 tasining ekspluatatsiya muddati tugagan bölib, Hukumatning 2025 yil 17 fevraldagi 98-son qaroriga muvofiq 2025–2028 yillarda bosqiçma-bosqiç yangilanmoqda. Joriy yilda 452 ta liftni yangilaş işlari yakunlanmoqda.
Vazirlik ta’kidlaşiça, tegişli qarorlarga muvofiq mamlakatdagi barça liftlar har yili majburiy texnik körikdan ötkaziladi. Körikda aniqlanadigan kamçiliklar — xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida tezkor bartaraf etiladigan texnik vazifalar bölib, ularni «ommaviy nosozlik» sifatida talqin qiliş notöğri.
Quriliş vazirligi liftlar ekspluatatsiyasi böyiça doimiy monitoring olib borişini, sohani rivojlantiriş va mavjud muammolarning oldini olişga qaratilgan islohotlar izçil davom ettirilişini ma’lum qildi.












