Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, boşlovçi va rejissiyor Mirabbos Mirzaahmedov 84 yoşida vafot etdi. Bu haqda «Milliy» telekanali xabar qildi.
Mirabbos Mirzaahmedov 1941 yil 30 sentabrda Toşkent şahrida tuğilgan. 1965 yilda teleradio sohasidagi ijodiy faoliyatini boşlagan.
U «Bahor qaytmaydi», «Qalbingga quloq sol», «Dunyoning işlari», «Inson sadoqati», «Billur qandillar», «E’tirof» kabi 50 dan ziyod videofilmlarni, «Buni hayot deydilar» turkum körsatuvlarini tasvirga olişda iştirok etgan.
Yarim asrdan ziyod vaqt mobaynida «Otalar sözi – aqlning közi» loyihasi boşlovçi va rejissyori bölib işlagan.
Mirzaahmedov Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi unvoni, «Mehnat şuhrati» va «Döstlik» ordenlari bilan mukofotlangan.
U sönggi 9 yilga yaqin vaqt davomida «Milliy» telekanalida «Otalar sözi» dasturi boşlovçisi va badiiy maslahatçi sifatida işlab kelayotgandi.





