Rasmiy ma’lumotga köra, hududlar kesimida aloqa va axborotlaştiriş xizmatlari hajmi quyidagiça taqsimlangan:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi – 922,6 mlrd söm;
  • Andijon viloyati – 1 305,4 mlrd söm;
  • Buxoro viloyati – 921,7 mlrd söm;
  • Jizzax viloyati – 749,5 mlrd söm;
  • Qaşqadaryo viloyati – 1 284,2 mlrd söm;
  • Navoiy viloyati – 657,3 mlrd söm;
  • Namangan viloyati – 1 151,6 mlrd söm;
  • Samarqand viloyati – 1 933,3 mlrd söm;
  • Surxondaryo viloyati – 995,0 mlrd söm;
  • Sirdaryo viloyati – 438,6 mlrd söm;
  • Toşkent viloyati – 1 810,7 mlrd söm;
  • Farğona viloyati – 1 961,9 mlrd söm;
  • Xorazm viloyati – 1 121,0 mlrd söm;
  • Toşkent şahri – 39 525,3 mlrd söm.

Körinib turibdiki, aloqa va axborotlaştiriş xizmatlari bozorining katta qismi an’anaviy ravişda Toşkent şahri hissasiga töğri kelmoqda. Şu bilan birga, Farğona, Samarqand va Toşkent viloyatlarida ham xizmatlar hajmi böyiça yuqori körsatkiçlar qayd etilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bozor hajmining ösişi raqamli xizmatlar, mobil aloqa, internet va IT-infratuzilmaga bölgan talab ortib borayotgani bilan izohlanmoqda.